Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Emblem background

Xojimatov Maqsadbek Mo’ydinovich

Kafedra mudiri

Telefon:

+998 97 431 61 86

Email:

mxojimatov260@adu.uz

Xojimatov Maqsadbek Mo’ydinovich

Kafedra haqida

Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasi universitet tarkibidagi ilk kafedralardan biri bo‘lib, 1963-yilda Andijon davlat pedagogika universiteti negizida tashkil etilgan. 1963-1971-yillarda kimyo fanlari nomzodi G‘ulomnabi Hakimov Andijon davlat pedagogika institutida Kimyo kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 1971-1981-yilgacha Kimyo kafedrasini dotsent M.Mamadaliyev boshqardi. Shu yillarda kafedrada kimyo laboratoriyalari tashkil etildi, buning uchun alohida bino ajratildi. Kafedra tashkil etilgandan keyin fakultet bitiruvchilaridan 15 nafari kimyo fanlari nomzodi bo‘ldi. K.f.n., dotsent M.Qodirov, k.f.n., dotsent O‘.Obidov, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov, kimyo fanlari doktori, professor N.Madixonov, kimyo fanlari doktori I.A.Abdug‘ofurov, kimyo fanlari nomzodlari, dotsentlar T.Y.Nasriddinov, E. Mirzaboyev, T.Inoqov, kimyo fanlari nomzodi A.G‘.G‘ofurov, texnika fanlari nomzodi H.Isoqov, kimyo fanlari nomzodi O.Muzaff arovlar shular jumlasidandir. Ular viloyatimizning turli oliy o‘quv yurtlarida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 1981-1987-yillar davomida kafedraga k.f.n., dotsent Q.K.Haydarov rahbarlik qildi. 1987-yildan kimyo kafedrasiga iqtidorli olim, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov rahbarlik qila boshladi. U mehnat faoliyatini kafedrani ta’mirlash va qayta jihozlashdan boshladi. Ilmiy laboratoriya tashkil etdi. Preparatlar tayyorlash va o‘qituvchilar kabinetini tashkil qildirdi. U hamma kimyo laboratoriyalarini kerakli materiallar bilan ta’minlashga boshchilik qildi. Kabinet va koridorlarni jihozlashda aktiv qatnashdi. Ochiq ma’ruzalar, ma’ruza matnini muhokama qilish, maslahat metodini tashkil etdi, kimyodan diplom ishlarini bajarish va himoya qilishni yo‘lga qo‘ydi. Kafedraning shahar va viloyat maktablari bilan aloqalarini yaxshilashda alohida xizmatlari bor. VO‘MOI bilan aloqalari yanada yaxshilandi. Uning boshchiligida ferrotsen kimyosiga oid katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1992-yilga kelib institutimizga Universitet maqomi berilgach, Kimyo fakulteti tashkil qilindi. Kimyo kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra “umumiy va organik kimyo” va “fi zik va analitik kimyo” kafedralari tashkil etildi. “Umumiy va organik kimyo” kafedrasini professor I.R.Asqarov, “Fizik va analitik kimyo” kafedrasini esa dotsent T.Y.Nasriddinov boshqardi. 1992-1996-yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent T.Y.Nasriddinov “Fizik va analitik kimyo” kafedrasining mudiri sifatida kafedra o‘qituvchilarining ilmiy ish faoliyatida, talabalarning bilim olishida Otaxonov Qobiljon Qaxramonovich (Kimyo kafedrasi mudiri) KIMYO KAFEDRASI 76 yuzaga kelgan qator muammolarni yechib, kafedrani universitetning ko‘zga ko‘ringan kafedralaridan bo‘lishida o‘zining munosib hissalarini qo‘shgan olimlardan biridir. T.Nasriddinov organik kimyo sohasida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, bu sohada yechilmagan ko‘p muammolarning bartaraf etilishi yo‘lida samarali ishlar olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-oktabrdagi 510-sonli qarori bilan Andijon davlat universiteti huzurida kimyo fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/29.2021.K.60.05 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Hozirgi kunda ilmiy kengashda 02.00.09 - “Tovarlar kimyosi” (kimyo fanlari) va 14.00.41 - “Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosliklaridan himoyalar o‘tkazilmoqda. Andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi Respublikada tanilgan kafedralardan biri bo‘lib, kafedra tarkibida bugungi kunda 32 nafar professor o‘qituvchi va 4 nafar laborantlar faoliyat olib boradi. Kimyo kafedrasining ilmiy salohiyati yuqori darajada bo‘lib, kafedrada 10 nafar fan doktori, 14 nafar falsafa doktorlari ( PhD) , katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Keyinchalik turli yillarda ushbu kafedrani k.f.n., dotsent M.Mamadaliyev, k.f.n., dotsent M.J.Xojimatov, k.f.n., dotsent Sh.Ya. Isroilov, k.f.n., dotsent I.A.Abdugafurov, k.f.n., dotsent Sh.X.Abdullayev, k.f.d., professor I.R.Asqarov, k.f.n., dotsent Yu.T. Isayev, k.f.f.d., dotsent Q.Q.Otaxonovlar boshqarib kelganlar. Hozirda kimyo kafedrasi mudiri sifatida kimyo fanlari doktori (DSc) M.M.Xojimatov faoliyat olib bormoqda. Kimyo kafedrasida 60530100-Kimyo bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar, 70530101– Kimyo mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada 10 nafar kimyo fanlari doktori, shundan 9 nafar professor, 10 nafar kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori, shundan 5 nafar dotsentlar va 5 nafar v.b. dotsentlar, hamda 2 nafar katta o’qituvchi va 3 nafar o’qituvchi, jami 25 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

BAKALAVRIAT

  • 60530100 – Kimyo kunduzgi (O’zbek)
  • 60530100 – Kimyo kechki (O’zbek)
  • 60530100 – Kimyo kunduzgi (Rus)

MAGISTRATURA

  • 70530101- Kimyo kunduzgi (O’zbek)-
  • 70530101- Kimyo kechgi (O’zbek)

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Andijon davlat universiteti Kimyo va Biologiya fakulteti Kimyo kafedrasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarining ustuvor yo’nalishlari “Tovarlar kimyosi”, “Xalq tabobati” ixtisosliklarida mavzulari xisoblanadi. Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada “KIMYOGAR” va “OLIMPIADACHILAR” fan to‘garaglari tashkil etilgan. To‘garak ishtirokchilari o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • ORGANIK KIMYO. Toshkent. 2022. G’ofur G’ulom. Darslik.
  • FITOTERAPIYA. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. Darslik.
  • KIMYO 7. Toshkent. 2022. Respublika ta’lim markazi. Darslik.
  • KIMYO 10. Toshkent. 2022. Respublika ta’lim markazi. Darslik.
  • KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • ORGANIK KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • BIORGANIK KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • FIZIKAVIY KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • ZAMONAVIY KIMYO ASOSLARI. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • KIMYOVIY TEXNOLOGIYA. Andijon. 2022. “Poligraf supper servis”. O‘quv qo‘llanma.
  • KALLOID KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • NOORGANIK KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • UMUMIY KIMYO. Andijon. 2022. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • NOORGANIK KIMYO. Andijon. 2021. “Omadbek print number one”. O‘quv qo‘llanma.
  • KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYADAN MASALA VA MASHQLAR TO‘PLAMI. Toshkent. 2022. Fan va texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma.
  • ЭЛЕМЕНТЫ СУПРАМОЛЕКУЛЯРНЫХ БИОХИМИЧЕСКИХ СИСТЕМ – БИОЛОГИЧЕСКИ АКТИВНЫЕ ВЕЩЕСТВА. Andijon. 2024. “Omadbek print number one”. Монография.
  • INNOVATIVE APPROACHES TO DEVELOPING FUNCTIONAL FOOD ADDITIVES FROM MEDICINAL PLANTS. Farg‘ona. 2024. Global Book Publishing Services. Monografiya.
  • “ASNARMUN” VA “ASBAXT” OZIQ-OVQAT QO‘SHILMALARINING XALQ TABOBATIDAGI O‘RNI. Andijon. 2025. “Omadbek print number one” MCHJ. Monografiya.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • Kimyo tarixi
  • Noorganik kimyo
  • Analitik kimyo
  • Fizikaviy kimyo
  • Modda tuzilishi
  • Tovarlar kimyosi
  • Oziq-ovqat kimyosi
  • Bioorganik kimyo
  • Organik kimyo
  • Kolloid kimyo
  • Uglevodlar kimyosi
  • Xalq tabobati
  • Sharq tabobati
  • Tibet tabobati
  • O'g'itlar kimyosi
  • Minerallar kimyosi
  • Organik sintez
  • Kompleks birikmalar kimyosi
  • Kimyoda kompyuter modellashtirish
  • Fizikaviy tadqiqot usullari
  • Neft mahsulotlari va ularning kimyoviy tarkibi
  • Tabiiy birikmalar kimyosi
  • Nuklein kislotalar kimyosi
  • Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
  • Kimyo oʻqitish metodikasi
  • Kimyoviy texnologiya
  • Elementorganik birikmalar kimyosi
  • Geterosiklik birikmalar kimyosi
  • Metallorganik birikmalar kimyosi
  • Biologik jarayonlarning kimyoviy asoslari
  • Fizikaviy jarayonlarning kimyoviy asoslari
  • Kimyoning zamonaviy muammolari
  • Tadqiqotning zamonaviy fizik kimyoviy usullari
  • O'simlik moddalari kimyosi

Kafedra tarkibi

  • Abdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich
    Dotsent

    Abdug'afforov Farxod Sultonaxmadovich

  • Rustamov Sanjar Ashiraliyevich
    Dotsent

    Rustamov Sanjar Ashiraliyevich

  • Xojimatova Dilnoza Sultonmurodovna
    Professor o'qituvchi

    Xojimatova Dilnoza Sultonmurodovna

  • Muxammedov Saidmurod  Baxodirjon o'g'li
    Dotsent

    Muxammedov Saidmurod Baxodirjon o'g'li

  • Matamirova Sharifa Akramovna
    Katta o'qtuvchi

    Matamirova Sharifa Akramovna

  • Anvarova Maxliyo Marufjon qizi
    Katta o'qtuvchi

    Anvarova Maxliyo Marufjon qizi

  • Lutfullin Qahramon Lutfullayevich
    Professor o'qituvchi

    Lutfullin Qahramon Lutfullayevich

  • To'xtaboyev Nozimjon Xoshimjonovich
    Professor o'qituvchi

    To'xtaboyev Nozimjon Xoshimjonovich

  • Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li
    Professor o'qituvchi

    Mo'minjonov Mirjalol Muqumjon o'g'li

  • Xolmirzayev Osmonali Isomiddin o‘g‘li
    Dotsent

    Xolmirzayev Osmonali Isomiddin o‘g‘li

  • Xojiqulov Azizbek Sobirovich
    Dotsent

    Xojiqulov Azizbek Sobirovich

  • Xolmatova Maxfuza Maxamadjon qizi
    Katta o'qtuvchi

    Xolmatova Maxfuza Maxamadjon qizi

  • Yusupov Muxammadyusuf  Avazbek o'g'li
    O'qtuvchi

    Yusupov Muxammadyusuf Avazbek o'g'li

  • Kazakov Rafiqjon Nabijon o‘g‘li
    Dotsent

    Kazakov Rafiqjon Nabijon o‘g‘li

  • Egamberdiyev Dostonbek  Usmonjon o'g'li
    Dotsent

    Egamberdiyev Dostonbek Usmonjon o'g'li

  • Kirgizov Shaxobiddin Mirzaraimovich

    Kirgizov Shaxobiddin Mirzaraimovich

  • Abdulloyev Shaxobidin Xasanboyevich

    Abdulloyev Shaxobidin Xasanboyevich

  • Isayev Yusupjon Tojimamatovich
    Professor

    Isayev Yusupjon Tojimamatovich

  • Atakulova Nargiza Baxtiyorjon qizi
    Dotsent

    Atakulova Nargiza Baxtiyorjon qizi