Universitetda buxgalteriya faoliyatining yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha rahbarlik va mas’ul ijrochi
vazifasini bajaradi,
kassa ishini va kassa operatsiyalarining yuritilishini nazorat qiladi
Bank hujjatlarini rasmiylashtiradi va xarajatlar smetasi ijrosini tahlil qiladi
Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, talabalar va
izlanuvchi-stajyor-tadqiqotchilarga
stipendiyalar hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi
Kirim-chiqim hujjatlari aylanishini, pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar
hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisobotlarini nazorat qiladi
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning hisobga olinishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi
Pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadi hamda o‘g‘irlanishi ustidan nazoratni olib boradi
Pulga oid birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarining o‘z vaqtida tayyorlanishini
ta’minlaydi
Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitob va hisobot ishlarini olib boradi
Shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt to‘lovlaridan tushadigan mablag‘larni hisobga
oladi
Shartnoma asosida o‘qiydigan talabalar uchun shartnomalarni tayyorlaydi
Pedagog va ishchi xodimlarning ish haqi hamda talabalar stipendiyalarining o‘z vaqtida
hisoblanishi va to‘lanishini ta’minlaydi
Ish haqi bo‘yicha debitor va kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelishining oldini oladi va doimiy
nazorat qiladi
Mahalliy va respublika byudjetlariga soliqlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazadi
Tasdiqlangan shtat jadvali asosida ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi
Vazirliklar, soliq inspeksiyasi va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni
belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda omborga qabul qilish va chiqarilishini ta’minlaydi
Debitor va kreditor qarzdorliklar paydo bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘radi
Xarid qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlarni o‘z vaqtida “UzASBO” dasturiga kiritilishini
ta’minlaydi
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar inventarizatsiyasini
belgilangan tartibda sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi va yakuniy hisobotlarni tayyorlaydi
Yaroqsiz holga kelgan tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi
Davlat xaridlari portalida doimiy faoliyat yuritadi
Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib boradi va yetkazib berish shartlarini kelishadi
Buyurtmalar bajarilishini va yetkazib beruvchilarning majburiyatlari ijrosini nazorat qiladi
Omborda tovarlarning minimal qoldig‘ini belgilaydi va zarur miqdorda mavjud bo‘lishini ta’minlaydi
Texnik ta’minot rivojiga ko‘maklashadi va tovar assortimenti bo‘yicha takliflar tayyorlaydi