Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Davlat bayrog'i
Davlat bayrog'i

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli 'O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida'gi Qonun bilan tasdiqlangan. Davlat bayrog‘i — butun uzunligi bo‘ylab to‘q moviy, oq va to‘q yashil rangli uchta gorizontal enlardan iborat to‘g‘ri to‘rtburchak mato. Bayroq uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm. Uch enning kengligi teng (har biri 40 sm). Oq en chetlarida 2,5 sm kenglikdagi qizil hoshiyalar mavjud. Yuqori to‘q moviy enning old va orqa tomonida dasta yonida oq yarim oy va o‘n ikkita oq besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yarim oy va yulduzlar 70x30 sm o‘lchamli to‘rtburchakka sig‘adi. Yarim oy dasta tomonga qaratilgan bo‘lib, undan 20 sm masofada joylashgan va diametri 30 sm bo‘lgan doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq yulduz diametri 6 sm bo‘lgan doiralarga sig‘adi, ular orasidagi masofa 6 sm. Ular 3, 4, 5 tartibida uch qatorda joylashgan. Quyi qatordagi yulduzlar yarim oy pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi.

Oldi tomoni
Davlat bayrog'i tasviri
Orqa tomoni
Davlat bayrog'i tasviri
Sxematik rasmi
Davlat bayrog'i tasviri