Yosh avlodni ona Vatanga muxabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy
bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur
singdirish.
Yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga
mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni
mazmun-mohiyatini tushuntirish.
Oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati,
fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va
kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar
murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishga ko‘maklashish.
Yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi
hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan chora
tadbirlarni amalga oshirish.
Iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga
oshirish, intellektual va ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga
ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish.
Imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv
ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni
qo‘llab-quvvatlash.
Notinch oila farzandlari, tarbiyasi o‘g‘ir va nosog‘lom muhitga
tushib qolgan yoshlarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi hamda
darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talabalarni ta’lim jarayoniga
qaytarish, qizlar o‘rtasida erta nikohlarning oldini olish bo‘yicha
tizimli ishlar olib borish.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga
qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning
kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini
rivojlantirish.
Yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar,
axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va
ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirish.
Yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar,
axborot hurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va
ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirish.
Oliy ta’lim muassasasi yoshlar o‘rtasida yoshlar turizmini
rivojlantirish, ularni o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy
obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik
davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish.
Yoshlar, ayniqsa qiz bolalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish,
ularning sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab quvvatlash va turli
sport musoboqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni
yaratib berish.
Yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish
yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini
tashkil etish.
Yoshlar o‘rtasida ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish orqali ularda
ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni
qo‘llab-quvvatlash.