Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Axborot resurs markazi

Emblem background

EGAMBERDIEV ZUHRIDDIN MAMADALIEVICH

Telefon:

0(374)2248176

Email:

egamberdiyev.zuhriddin@mail.ru

Qabul kunlari:

Chorshanba

Qabul vaqti:

17:00

EGAMBERDIEV ZUHRIDDIN MAMADALIEVICH
Gopporova Iqbolxon Ergashevna
Axborot – resurs markazining Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumotlar bo‘limi mudiri
Salimova Muborakxon Sabirovna
Axborot - kubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri
Abdukaxarova Zulfiyaxon Paziljanovna
Axborot - kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri
Muxammadjonov Oybek Orif o‘g‘li
Elektron axborot resurslari bo‘limi mudiri
Aliyev Azizbek Muxtorxonovich
Xorijiy axborot - kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi mudiri

Markaz haqida

Universitet Axborot-resurs markazi 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 381-qaroriga muvofiq tashkil topgan. Axborot-resurs markazi 2015-yilda maxsus loyiha asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan. Binoning umumiy maydoni 1967,4 m² bo‘lib, 500 000 dona adabiyot saqlash quvvatiga ega. Markazda 90 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta elektron o‘quv zali va 250 o‘ringa mo‘ljallangan 5 ta an’anaviy o‘quv zali mavjud bo‘lib, ular adabiyotlardan foydalanish uchun xizmat qiladi. Uyga olib ketish uchun kitoblar beriladigan abonement bo‘limi hamda 200 000 dan ortiq kitob saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lib, ularning barchasi me’yoriy talablarga javob beradi. 204, 301 va 305-o‘quv xonalari sovitish moslamalari (konditsionerlar) bilan jihozlangan. Fakultet a’zolari, xodimlar va talabalar uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

MARKAZNING ASOSIY ISH FAOLIYATI

Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumotlar bo‘limida muhim sanalar va bayramlarga bag‘ishlab buklet, devoriy gazeta va ko‘rgazmalar tashkil qilish.
Yil davomida ARMga keltirilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumot beruvchi “Axborot kunlari”ni tashkil qilish va kafedralarga ma’lumot tarqatishda ishtirok etish.
Ma’lumotlar bibliografik xizmat ko‘rsatishni savol va javob tarkibidagi ma’lumot turlarini (mavzuli, bibliografik aniqlash, manzilli bibliografik, faktografik) amalga oshirish.
Muntazam ravishda matbuot nashrlarini qabul qilib olish, tarqatish va va ular bilan tanishtirishni amalga oshirish.
Axborot texnologiyalari asosida yaroqsiz holga kelgan, foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan kitoblarni ARM fondidan chiqarish va o‘rniga qabul qilingan kitoblarni ro‘yxatga olish.
Foydalanuvchilar tomonidan berilayotgan buyurtmalarni bajarish, arxiv materiallarini foydalanuvchilarga yetkazib berish.
Kitobxonlarni (muassasa xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ilmiy izlanuvchilar) axborot manbaalariga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish.
Yaroqsiz holga kelgan adabiyotlarni bo‘lim tarkibidan dalolatnoma asosida chiqarish.
Elektron resurslar orqali foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish.
Elektron resurslar orqali aholiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.