Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Korporativ pochta
Korporativ pochta

Universitetining korporativ pochtasi

Ro'yxatdan o'tish uchun manzil (faqat ADU talabalari, ADU o'qituvchilari va ADU xodimlari uchun, boshqa o'quv yurtlari vakillari va boshqa shaxslar ro'yxatdan o'ta olmaydi):

regmail.adu.uz

Ro'yxatdan o'tish jarayoni

Iltimos, shaxsiy ma'lumotlaringizni to'g'ri to'ldirishingizni so'raymiz. Agar noto'g'ri ma'lumot kiritsangiz, sizga pochta akkaunti ochilmaydi. 1-rasmda ma'lumotlar misol uchun kiritilgan, siz o'z to'g'ri ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak.

1-rasm: Ro'yxatdan o'tish formasi namunasi

1-rasm: Ro'yxatdan o'tish formasi namunasi

Ogohlantiramiz!

Agar siz ilgari ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, qayta ro'yxatdan o'ta olmaysiz.

Ma'lumotlarni yuborish uchun "Yuborish" tugmasini bosing. Agar 2-rasmda ko'rsatilganidek ogohlantirishlarni ko'rsangiz, ularga amal qiling.

2-rasm: Ogohlantirishlar namunasi

2-rasm: Ogohlantirishlar namunasi

Arizangiz kodi

Ma'lumotlaringizni yuborganingizdan so'ng, arizangiz holatini tekshirish uchun foydalaniladigan kodni olasiz.

3-rasm: Tasdiqlash kodi

3-rasm: Tasdiqlash kodi

Arizangiz holatini tekshirish

Arizangiz 1-3 ish kuni davomida ko'rib chiqiladi.

Ariza holatini ro'yxatdan o'tish formasini yuborganingizdan so'ng olgan kodingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

4-rasm: Ariza holatini tekshirish

4-rasm: Ariza holatini tekshirish

Arizangiz ko'rib chiqilayotgan holatda bo'lishi mumkin.

5-rasm: Ko'rib chiqilayotgan holati

5-rasm: Ko'rib chiqilayotgan holati

Agar arizangiz tasdiqlansa

Siz quyidagi manzilga o'tishingiz mumkin va mail.adu.uz da o'z akkauntingizga kirish mumkin:

mail.adu.uz

6-rasm: Tasdiqlanganligini ko'rsatuvchi xabar

6-rasm: Tasdiqlanganligini ko'rsatuvchi xabar

Zarur manzillar