
KARIMBERDIYEV AKMALJON AZIMJON O`G`LI
Telefon:
+998934110607
Email:
akmaljonkarimberdiyev@adu.uz

Bo'lim haqida
Andijon davlat universiteti «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizom, Andijon davlat universiteti Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va universitet bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.
