
ODILOV FURQAT UMARBEKOVICH
O‘quv-uslubiy boshqarma boshligʻi
Telefon:
+998 99 066 11 17
Email:
odilov@adu.uz

Boshqarma haqida
O‘quv-uslubiy boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. O‘quv-uslubiy boshqarma universitet ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar, Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun hujjat topshirishi hamda tanlovda erkin ishtirok etishlarida cheklovlar yo‘q. Andijon davlat universitetida etnik kelib chiqishi, dini, nogironlik immigratsiya maqomi yoki jinsidan qat’i nazar professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar oliy ta’lim muasasasida ommaviy o‘tkazladigan barcha davlat tadbirlarda faol ishtirok etishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.
