HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI (MAGISTRATURA)
Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti http://magistr.edu.uz orqali amalga oshiriladi:
passport ma’lumotlari kiritiladi;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova ham belgilangan tartibda kiritiladi;
Imtiyoz haqidagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa): nogironligi bo‘yicha, nomli Davlat stipendiyalari va davlat mukofotlari sohibi sertifikati yoki chet tillarni bilish darajasi bo‘yicha belgilangan sertifikatlar.
