Jurnal haqida
E-ISSN: 2181-306x
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnali muassisi – Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
2009–2019-yillarda Andijon davlat universiteti muassisligida "Ilmiy xabarnoma – Научный вестник" (ISSN 2091-5780) nomi bilan ilmiy jurnal chop etilgan. Ushbu jurnal Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 04-039 raqami bilan ro'yxatga olingan hamda 2020-yilga qadar bir yilda 4 martadan muntazam chop etilgan.
2019-yilda "Ilmiy xabarnoma – Научный вестник" jurnalidan "Ilmiy xabarnoma. Fizika-matematika tadqiqotlari" (ISSN: 2181-0702) jurnali ajralib chiqdi va mustaqil jurnal sifatida chop qilina boshladi.
2020-yildan jurnal seriyalarga ajratilgan holda qayta tashkil qilinib, "Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" nomi bilan 2020-yil 7-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 1097 raqami bilan ro'yxatga olindi.
Jurnal seriyalari (2020-2024)
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Kimyo tadqiqotlari – Scientific Bulletin. Series: Chemical Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Biological Research
2025-yil 3-martda "Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №676359 raqam bilan Internet global tarmog'i orqali tarqatiladigan jurnal sifatida qayta ro'yxatdan o'tkazildi (E-ISSN: 2181-306x).
Hozirgi seriyalar (2025)
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Humanitarian Studies
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Ijtimoiy fanlar – Scientific Bulletin. Series: Social Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Pedagogik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Pedagogical Research
- Ilmiy xabarnoma. Seriya: Biologik tadqiqotlar – Scientific Bulletin. Series: Biological Research
Jurnalning maqsad va vazifalari
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnalining maqsadi mutaxassis va olimlarning ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi ilmiy izlanishlar natijalarini, ishlab chiqarishga qo'llashga doir ilmiy tavsiyalarini e'lon qilish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo'shishdan iborat.
Jurnalning vazifalari:
- Universitetda va boshqa oliy o'quv yurtlarida tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko'maklashish
- Turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlarning o'zaro muvofiqlashtirilishiga qo'shimcha imkon yaratish
- Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko'maklashish
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnali tabiiy, ijtimoiy va gumanitar sohalarga ixtisoslashgan. Jurnal bir yilda 8 marta (har bir seriya 2 marta) e'lon qilinadi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
E'lon qilingan sonlarning to'liq matni bilan "Arxiv" bo'limida tanishish mumkin.
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnaliga kelgan barcha maqolalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o'tkazilishi qat'iy belgilangan. Maqolalarning e'lon qilinish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Tahririyat manzili:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi.
E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru
Website: https://www.ajhuman.uz/
Pedagogik tadqiqotlar seriyasi haqida
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnalining "Pedagogik tadqiqotlar – Pedagogical Research" seriyasi pedagogika sohasi bo'yicha ixtisoslashgan.
Seriyaning maqsadi va vazifalari
"Pedagogik tadqiqotlar – Pedagogical Research" seriyasining maqsadi mutaxassis va olimlarning ilmiy hamda uslubiy ahamiyatga molik maqola va ilmiy axborotlari, ilmiy izlanishlar natijalarini ijtimoiy sohaga qo'llashga doir tavsiyalarini chop etish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo'shishdan iborat.
"Pedagogik tadqiqotlar – Pedagogical Research" seriyasining vazifalari:
- Universitetda va boshqa oliy o'quv yurtlarida pedagogika fanlari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko'maklashish
- Turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlarning muvofiqlashtirilishi va o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun qo'shimcha imkon yaratish
- Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko'maklashish
Seriya bir yilda 2 marta chop etiladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Chop etilgan sonlarning to'liq matni bilan "Arxiv" bo'limida tanishish mumkin.
"Pedagogik tadqiqotlar – Pedagogical Research" seriyasiga kelgan barcha maqolalarning tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o'tkazilishi va mualliflik nuqtai nazaridan tekshirilishi qat'iy belgilangan. Maqolalarning chop etilish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Seriya nusxalarining tarqatilishi tahririyat tomonidan faqat obuna bo'yicha amalga oshiriladi.
Tahririyat manzili:
O'zbekiston Respublikasi, 170100, Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti tarix fakulteti binosi.
E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru
Biologik tadqiqotlar seriyasi haqida
"Ilmiy xabarnoma – Scientific Bulletin" jurnalining "Biologik tadqiqotlar – Biological Research" seriyasi biologiya yo'nalishi bo'yicha ixtisoslashgan.
Seriyaning maqsadi va vazifalari
"Biologik tadqiqotlar – Biological Research" seriyasining maqsadi mutaxassis va olimlarning ilmiy hamda uslubiy ahamiyatga molik maqola va ilmiy axborotlari, ilmiy izlanishlar natijalarini ijtimoiy sohaga qo'llashga doir tavsiyalarini chop etish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo'shishdan iborat.
"Biologik tadqiqotlar – Biological Research" seriyasining vazifalari:
- Universitetda va boshqa oliy o'quv yurtlarida biologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bilan tanishtirib borish
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko'maklashish
- Turli oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlarning muvofiqlashtirilishi va o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun qo'shimcha imkon yaratish
- Yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga ko'maklashish
Seriya bir yilda 2 marta chop etiladi. Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Chop etilgan sonlarning to'liq matni bilan "Arxiv" bo'limida tanishish mumkin.
"Biologik tadqiqotlar – Biological Research" seriyasiga kelgan barcha maqolalarning tegishli soha mutaxassislari tomonidan taqrizdan o'tkazilishi va mualliflik nuqtai nazaridan tekshirilishi qat'iy belgilangan. Maqolalarning chop etilish muddati maqola tahririyatga kelib tushganidan keyin bir yilgacha vaqtni olishi mumkin.
Seriya nusxalarining tarqatilishi tahririyat tomonidan faqat obuna bo'yicha amalga oshiriladi.
Tahririyat manzili:
O'zbekiston Respublikasi, 170100, Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129-uy, Andijon davlat universiteti tarix fakulteti binosi.
E-mail: adu_xabarnoma@mail.ru
Vodiynoma jurnali 2024-yil 2-35 son
Jurnalning asosiy yo'nalishlari:
- Tarixchilarga cheksiz ilhom va kuch hadya etgan qaror
- 180 va 75 yoshlarda "ixtiro"lari uchun oliy jazo olganlar
- Osmon balolari
- Akademikning "aybdor" akasi
- Kelajak qayg'usi yelkada
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2024 yil 19-iyul – "Siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish"
Ushbu qaror tarixchilarning, tadqiqotchilarning qalbiga malham bo'ldi, ularga kuch va cheksiz ilhom hadya etib, soha istiqbolini belgilab beruvchi muhim omil bo'ldi. Jurnal ushbu qarorning to'la matni bilan ochiladi.
O'zbekiston qirg'izlariga oid tarixiy-etnografik ma'lumotlar
Muallif: Otabek Abduraupov
Maqolada ikki birodar va qo'shni el an'analari, O'zbekistonda yashab kelayotgan qirg'izlar, ularning tarixiy manbalarda aks etirilishi haqida so'z boradi.
O'sh davlat universitetida bo'lib o'tgan qirg'iz xalqi tarixiga oid xalqaro anjuman
Mualliflar: Muxtorjon Xudoyorov, Jasurbek Iminov, Azizbek Mahkamov
Ta'lim bor joyda tarbiya bo'lishi shart
Muallif: Professor Akramjon Yuldashev
Maqola "Xalq so'zi" gazetasidan olib bosilgan bo'lib, unda tajribali pedagogning sharqona ta'lim-tarbiyaga oid fikrlari o'z ifodasini topgan.
Andijonlik jadidlar – qatag'on qurbonlari
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Mahkamov, Nigoraxon Akbarova
Maqolada Andijonda faoliyat ko'rsatgan jadidlarning qatag'on qilinishi tarixi yoritilgan.
"Katta terror"da qatag'on qilingan milliy rahbar xodimlar
Muallif: R.T. Shamsutdinov
1937-1938-yillarda siyosiy qatag'onga uchragan rahbar xodimlar haqida tadqiqot.
Jadid Abdurahmon Abdullaxonov – qatag'on qurboni
Mualliflar: R.T. Shamsutdinov, Nigora Akbarova
Muhammad Odiliy
Muallif: R.T. Shamsutdinov
Xodiev (Botu) Mahmud Maqsudovich
Muallif: R.T. Shamsutdinov
DARXON gazetasi, 1923 yil, 10 avgust 13-son
Jurnalda XX asr boshlaridagi tarixiy gazetadan havolalar keltirilgan.
O'zbekiston fuqarolik aviatsiyasi vujudga kelishi tarixidan
Muallif: Doktorant Azizbek Mahkamov
Fayzulla Sultonov – "Katta terror" qurboni
Muallif: Rustambek Shamsutdinov
Maqolada akademik, taniqli adabiyotshunos olim Izzat Otaxonovich Sultonovning tug'ishgan akasi, atigi 34 yil umr ko'rgan Fayzulla Sultonovning fojiali taqdiri, uning boshiga yog'ilgan tuhmat-malomatlar haqida fikr yuritilgan.
Katta niyatlar bilan hayot yo'liga chiqqan, Andijonda ta'lim sohasida rahbarlik lavozimida ishlagan, ammo hamkasblari chaquvi ortidan boshiga qora kunlar tushgan Fayzulla Sultonov o'zining aybsizligi haqida yuqoriga murojaat yo'llasa-da, bu murojaatni hech kim e'tiborga olmadi. Natijada, u farzandlarini yetim qoldirib, o'z joniga qasd qildi.
Tariximizda bu kabi aybsiz "aybdor" bo'lganlar oz emas. Shukurki, bugungi Yangi O'zbekiston sharoitida haqiqat o'z joyiga qo'yilmoqda. Jurnal avvalida keltirilgan Prezident qarori ham bu borada muhim qadam bo'ldi.
Bahodir Jo'raevich Eshov 60 yoshda
Taniqli olim va tarixchi haqida maqola.
Jadidlar
Muallif: Faridaxon Hoshimova
She'r.
Yangi chop etilgan tarixiy kitobga taqriz
Jurnalda yangi nashr bo'lgan tarixiy asarga ilmiy baho berilgan.
"Vodiynoma" jurnalining yangi sonlarini o'qib, tarixga doir bilimlaringizni boyiting!
Vodiynoma jurnali 2025-yil 1-38 son
Son tarkibi:
- Jadidchilikni o'rganish masalalariga doir mulohazalar
- Qatag'on qilingan jadidlar va prokuratura xodimlari
- Qoraqalpog'istonda yashagan jadidlar
- "Tarixiy xotira beqiyos" kitobi haqidagi mulohazalar
Vodiynoma jurnalining 2025-yildagi birinchi soni asosan jadidchilik harakati, uning a'zolarining qatag'on qilinishi tarixiga bag'ishlangan maqolalardan tashkil topgan.
Hurriyatparvar ajdodlarimizning ilg'or qismini birlashtirgan jadidchilik harakati uzoq vaqt salbiy jihatdan aks ettirilgan.
Jadidchilikni o'rganish masalalariga doir mulohazalar
Muallif: Tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov
Maqolada jadidchilik harakatiga ularning zamondoshlari, davlat arboblari, tarixchi olimlarning fikrlari jamlangan va tahlil qilingan.
Qatag'on qurbonlari - jadidlar
Jurnalda keng jamoatchilikka avval to'liq tanish bo'lmagan jadidlar haqida maqolalar:
- Sattor Xo'jayev
- Usmonxon Eshonxo'jayev
- Abdulhamid Cho'lpon
Ularning hayot yo'li va qatag'on qilinishi tarixi aks etgan va birlamchi manbalarga asoslangan maqolalar jurnaldan o'rin olgan.
Mullo Xolbek ibn Muso Andijoniy – yetuk shoir va tarixnavis
Muallif: Iskandar Madg'oziyev
Maqolada ko'hna va hamisha navqiron Andijonning uzoq yillik adabiy muhiti nomdor vakili Mullo Xolbek ibn Muso Andijoniyning hayot yo'li, boy ijodiy merosi, jumladan, uning "G'urbatnoma" asari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
"G'urbatnoma" asari Qo'qon xonligi tarixi, xususan, Andijonning XVIII–XIX asrlardagi tarixidan hikoya qiluvchi g'oyat qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Milliy ozliklar va xorijliklar - qatag'on qurbonlari
Rossiya imperiyasi va sovet mustabid tuzumi davrida Turkiston o'lkasi, jumladan, O'zbekistonda 100 000 dan ortiq odam turli ayblovlar bilan qatag'on qilingan. Ular orasida xorij fuqarolari, jumladan, O'zbekistonga ko'chib kelib yashayotgan insonlar ham bo'lgan.
"Нaциональные меньшинства и иностранцы, репрессированные в Узбекской ССР. Жертвы "Большого террора" (1937-1938 гг.) nomli kitobda ular alohida ro'yxat asosida berilgan bo'lsa, jurnalda qatag'on qurboni bo'lgan ayrim horijliklar haqida batafsil ma'lumotlar uzoq vaqt "mutlaqo mahfiy" grifi ostida saqlangan arxiv hujjatlarini ilmiy iste'molga kiritish orqali berilgan.
История казахов: О попытках прочтения этнонима «қарлуқ» как «қазақ»
Muallif: T.Chorotegin
Maqolada qozog'istonlik tarixchilar orasida avj olayotgan "folk history" ya'ni ilmiy qarashga o'xshash to'qima tarix jarayoniga sof ilmiy ravishda baho berilib, "tarixchi"larning soxta fikrlariga ilmiy javob qaytarilgan.
"Tarixiy xotira beqiyos" kitobi
2024-yil qatag'on qurboni bo'lgan prokuratura xodimlari haqida 2 kitobdan iborat "Tarixiy xotira beqiyos" kitobi nashr etildi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining muzeyida qatag'on qilingan prokuratura xodimlarining hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan yangi ekspozitsiyalar ham yaratildi.
Qatag'on qurboni bo'lgan prokurorlarning xotirasi mangu yashaydi
Mualliflar: O'. Ubaydullayev, J. Iminov, A. Mahkamov
Maqolada prokuratura muzeyi haqida batafsil ma'lumot berilgan.
O'zbekistonlik mahbuslar Moskva-Volga kanali qurilishida
Muallif: J. Hasanov
O'rta Zarafshon vohasida Karmana shahri shakllanishi va toponimikasi tarixidan
Muallif: J. Savriyev
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti 60 yoshda
Mualliflar: R. Shamsutdinov, G. Valixonova
"Vodiynoma" jurnalining yangi sonlarini o'qib, tarixga doir bilimlaringizni boyiting!
Vodiynoma jurnali 2025-yil 2-39 son
Jurnalning ushbu sonida Bobur tavalludining 475 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar, milliy yuksalish masalalari, 1916-yil qo'zg'olonlari va qatag'on tarixi keng yoritilgan.
Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 475 yilligining nishonlanishi
Mualliflar: Farhod Nabiyev, Bekzod Jumonqulov
Maqolada Andijonda Bobur tavalludining 475 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan ilmiy-ma'naviy tadbirlar yoritilib, bayramning tashkiliy asoslari, ilm-fan va jamoatchilik vakillarining ishtiroki hamda Bobur merosining bugungi tarixiy xotiradagi o'rni tahlil etiladi. Suratlardagi manzara va arxiv manbalarga tayangan holda, voqea milliy adabiy-madaniy hayotni jonlantirishdagi ahamiyati bilan izohlanadi.
Milliy yuksalish jarayonida tarix fani oldidagi dolzarb muammolar
Mualliflar: Farhod Nabiyev, Bekzod Shokir o'g'li Jumonqulov
Maqola milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o'tish konsepsiyasi manzarasida tarix fanining vazifalarini belgilaydi. Mualliflar tarixiy xotira, adolatli ijtimoiy tartib, fuqarolik jamiyati va nazorat institutlari masalalarini nazariy-amaliy yondashuvda ochib beradi; tarixiy tajribadan, jumladan Amir Temur davridan ijodiy foydalanish zarurligi asoslanadi.
Turkiston o'lkasida safarbarlikka qarshi xalq harakatlari
Muallif: Saidmurod To'raxo'jayev
Asarda 1916-yil farmonidan so'ng Turkistonning turli hududlarida yuzaga kelgan safarbarlikka qarshi qo'zg'olonlar sabablari, borishi va oqibatlari umumlashtiriladi. Xo'jand, Jizzax, Farg'ona vodiysi kabi o'choqlarda namoyon bo'lgan harakatlar arxiv va matbuot manbalari asosida tahlil qilinadi.
1937–1938-yillardagi "Katta terror"da Ukrainada qatag'on qilingan o'zbeklar
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Alisher Mamajonov, Manzura Akbarova
Maqolada Ukrainaning turli hududlarida qatag'on qilingan o'zbeklarning shaxsiy taqdirlari, ayblov moddalari va tergov-sud amaliyoti misolida sovet repressiya mexanizmi ko'rsatiladi. Ro'yxatlar va hujjatlar asosida qatag'on geografiyasi va ijtimoiy kesimi yoritiladi.
1937–1938-yillardagi "Katta terror"da Shimoliy Kavkazda qatag'on qilingan o'zbeklar
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Alisher Mamajonov, Manzura Akbarova
Tadqiqot Shimoliy Kavkaz mintaqasida repressiyaga uchragan o'zbeklar demografik profili, ish yuritish materiallari va keyingi yillarda oqlash jarayonlarini tahlil qiladi. Maqola millatlararo migratsiya va mehnat ko'chishlari fonida qatag'onning ko'lami va oqibatlarini ko'rsatadi.
1937–1938-yillardagi "Katta terror"da Shimoliy Qozog'istonda qatag'on qilingan o'zbeklar
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Alisher Mamajonov, Manzura Akbarova
Maqolada Shimoliy Qozog'iston lager va tergov organlarida o'zbeklar taqdirining hujjatli manzarasi tiklanadi. Ismlar, sanalar va ish materiallari orqali tarixiy adolatni tiklashga xizmat qiluvchi ma'lumotlar jamlangan.
Jonkuyar jadid tarixchisi
Muallif: Ubaydulla Quvvataliyev
Muallif bir jadid tarixchisi hayoti va ilmiy merosini yoritib, uning o'lkashunoslik va milliy uyg'onishdagi o'rni, ijtimoiy faolligi hamda davr matbuotidagi chiqishlarini tahlil qiladi.
O'rganilishi lozim bo'lgan jadidchi "Milliy qo'mita" tashkiloti haqida
Mualliflar: Prof. R.T. Shamsutdinov, Ph.D. A. Maxkamov
Maqolada jadidlar doirasida faoliyat yuritgan "Milliy qo'mita" tashkilotining vujudga kelishi, maqsad-vazifalari va tarixiy hujjatlardagi aks etishi ko'rib chiqiladi. Mualliflar tashkilot atrofidagi ilmiy bo'shliqlarni ko'rsatib, keyingi tadqiqot yo'nalishlarini belgilaydi.
Qatag'on qilingan jadidlar va ziyolilar
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Maxkamov, Nigoraxon Akbarova
Jurnalda quyidagi shaxslarning biografik maqolalari berilgan:
- Oqilxon Dadaxo'jayev
- Mirhamid Xo'jayev
- Yunusov Qudratulla
- Hismatov Hikmatulla
- Ataullayev Xayrulla
- Odiliy Muhammad
- Abduvaxobxo'jayev Abdukarim
- Abdullajon Yo'ldoshqoriyev
- Mamasharif Karimboyev
- Aydarov Ahmad
Tergov qiynog'ida halok bo'lgan Davlat Rizayev fojiasi hujjatlarda
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Maxkamov, Nigoraxon Akbarova
Tadqiqot tergov jarayonlaridagi qiynoqlar oqibatida halok bo'lgan D. Rizayev ishini hujjatlar vositasida rekonstruksiya qilib, repressiya mexanizmining vahshiyligini ko'rsatadi.
Bir kunda qatl etilgan respublika yoshlari yetakchilari
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Maxkamov, Nigoraxon Akbarova
Tadqiqot bir kunda qatl etilgan yoshlar yetakchilarining ismlari, ish materiallari va tarixiy oqibatlarini jamlab, milliy xotiraning muhim sahifasini ochadi.
O'zbekistonlik mahbuslar Moskva–Volga kanali qurilishida
Muallif: Jasur Hasanov
Maqola GULAG tizimidagi yirik qurilishlardan biri – Moskva–Volga kanali loyihasida qatnashgan o'zbekistonlik mahbuslar mehnati, yashash sharoitlari va yo'qotishlarini hujjatlar asosida yoritadi.
Janubiy Ural sanoat korxonalariga safarbar qilingan mehnat armiyachilarining moddiy-maishiy va oziq-ovqat ta'minoti
Muallif: Xurshid Qurbonov
Asar mehnat armiyachilarining ta'minot tizimi – turar-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va sog'liqni saqlash masalalarini misollar bilan tahlil qilib, jangovar bo'lmagan frontdagi og'ir sharoitlarni ko'rsatadi.
Davlat boshqaruvida ayolning roli
Muallif: Ozoda Subxanovna Islamova
Maqola davlat boshqaruvi tizimidagi ayollar ishtiroki, gender tenglik siyosati va institutlararo hamkorlik mexanizmlarini tarixiy va zamonaviy misollar orqali tahlil qiladi.
DARXON gazetasi, 1923-yil 22-avgust, 16-son
Tayyorlovchilar: R.T. Shamsutdinov, Sh. Qahhorov
Maqolada Andijonda chiqqan "DARXON" gazetasining 1923-yilgi 16-soni mazmuni va muhim materiallari sharhlanadi; mahalliy matbuotning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni ko'rsatiladi.
Отзыв на книгу "Жертвы большого террора (1937–1938 гг.)"
Muallif: Zeynalova Mahfuza
Taqrizda 1937–1938-yillardagi qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan tadqiqotning manbashunoslik bazasi, metodik yondashuvi va ilmiy yangiligi baholanadi; kuchli va takomillashtirishga muhtoj jihatlar ko'rsatiladi.
Vodiynoma jurnali 2025-yil 3-son
Xorazm jadidchiligining o'ziga xos xususiyatlari va farqli jihatlari
Muallif: Umid Bekmuhammad
Maqolada Xiva xonligida jadidchilik harakatining paydo bo'lishi, Feruzxon va Asfandiyorxon davridagi ma'rifiy islohotlar, Islomxo'ja, Bobooxun Salimov, Mamat Mahram singari taraqqiyparvarlarning faoliyati tahlil etilgan. Muallif jadidchilikni Xorazmda siyosiy harakatga aylangan ma'rifiy jarayon sifatida ko'rsatadi va uning boshqa hududlardagi jadidlikdan farqli jihatlarini asoslaydi.
Jadidchi "Alamzadalar jamiyati"
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Mahkamov
Maqola 1929–1931-yillarda Andijonda faoliyat ko'rsatgan "Alamzadalar" nomli yashirin jadid tashkiloti tarixiga bag'ishlangan. Unda Abdullahoji G'afurov va Abdumutallib Qoramandiyev rahbarligidagi milliy ozodlik harakati, uning maqsadlari va sovet hukumatiga qarshi faoliyati arxiv hujjatlari asosida yoritilgan. Asar Turkiston jadidlarining keyingi bosqichdagi siyosiy kurashini ochib beradi.
Jadid ma'rifatparvarlari merosi – 'Uchinchi Renessans' poydevori
Muallif: Bahodir Ma'murov
Muallif jadid ma'rifatparvarlarining milliy uyg'onishdagi o'rni va ularning ilm-fan, ma'rifat, adabiyot sohasidagi merosini tahlil qiladi. Jadidlarning millatni ma'naviy jihatdan uyg'otishdagi xizmatlari bugungi "Uchinchi Renessans" g'oyasining manbai sifatida talqin etiladi.
'Jadid gazetasi kutubxonasi'da chop etilgan maqolalar to'plami
Mualliflar: Shodmon Hayitov, Azalshoh Hamroyev
Maqolada XX asr boshlarida jadid matbuotining shakllanishi, xususan "Jadid gazetasi kutubxonasi" to'plamida chop etilgan maqolalar mazmuni tahlil qilinadi. Jadidlar tomonidan ilgari surilgan ma'rifat, ijtimoiy adolat va mustaqillik g'oyalari manbalar asosida ochib beriladi.
Bir yillik faoliyat sarhisobi
Muallif: Muxtorjon Xudoyorov
Jurnalning ushbu qismida tahririyat va ilmiy ekspeditsiyaning o'tgan yildagi ilmiy, tadqiqot va nashriy faoliyati tahlil etiladi. Muallif "Meros" xalqaro ekspeditsiyasi hamkorligida amalga oshirilgan tarixiy izlanishlarning natijalarini umumlashtiradi.
Andijonda tarix muzeyi shakllanishiga doir
Muallif: Islomjon Karimov
Maqolada Andijon viloyatidagi tarix muzeyining tashkil topish jarayoni, dastlabki eksponatlar, mahalliy tarixchilar tashabbuslari va muzeyshunoslikning shakllanish bosqichlari yoritilgan. Asarda muzeylarning milliy tarixni asrash va yoshlar tarbiyasidagi o'rni alohida ta'kidlanadi.
Vodiyning nozikta'b ijod sohibi
Mualliflar: Oybek Barziyev, Mohizar Abduqahhorova
Asarda Farg'ona vodiysida ijod qilgan adib va shoirlarning badiiy merosi, ularning davr ijtimoiy hayoti bilan aloqasi, milliy ruh va estetik did masalalari tahlil qilingan. Mualliflar "nozikta'blik" tushunchasini vodiyning adabiy muhitiga xos estetik hodisa sifatida ochib beradilar.
Turkiston o'lkasida sovet hokimiyatining zo'rlik bilan o'rnatilishi va Farg'ona vodiysidagi qurolli qarshilik harakati
Muallif: Anvarjon Abduqahhorov
Maqola Turkiston va Farg'ona vodiysida 1917–1924-yillarda sovet hokimiyatining o'rnatilishi jarayonida yuz bergan qurolli qarshiliklar, bosmachilik harakati, mahalliy aholining norozilik sabablari va oqibatlarini tahlil etadi. Asar mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik kurashining tarixiy ahamiyatini yoritadi.
Jo'rabek Toshmuhammedov – qatag'on qurboni
Mualliflar: R.T. Shamsutdinov, K.N. Baltabayeva
Maqolada 1937–1938-yillardagi qatag'on davrida aybsiz jazolangan o'zbek ziyolisi Jo'rabek Toshmuhammedovning hayoti va fojiali taqdiri arxiv hujjatlari asosida yoritilgan. Asar sovet repressiya tizimining mahalliy elita qatlamiga qilgan zarbasini ochib beradi.
Fojiali taqdirlar
Mualliflar: Rustambek Shamsutdinov, Azizbek Mahkamov
Mualliflar sovet totalitar tuzumi davrida qatag'on qilingan bir qator o'zbek ziyolilari va jadidlarning hayoti, ijtimoiy faoliyati hamda ayblovlarning soxtaligini tahlil qilgan. Maqola tarixiy adolatni tiklash va milliy xotirani saqlashga qaratilgan.
Jumaboy Qurbonov
Mualliflar: Sabit Nurjanov, Alisher Kudiyarov, Ansatbay Alimbetov
Maqolada 1930-yillarda yashagan ziyoli Jumaboy Qurbonovning hayoti, ilmiy faoliyati va qatag'on qurboni sifatidagi taqdiri yoritiladi. Mualliflar arxiv materiallari asosida uning nomini tarixiy adolat bilan qayta tiklaydilar.
Vodiynoma 2025 yil 1-son
Vodiynoma 2025 yil 2-son
Vodiynoma 2025 yil 3-son
Konferensiya
