Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini
tahlil qilish va budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy
hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini
mustahkamlash
Masofaviy auditni qo‘llagan holda, budjet mablag‘laridan maqsadsiz
va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish,
ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet to‘g‘risidagi
qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini
amalga oshirish
Boʻlimning maqsadidan kelib chiqib oliy taʼlim tashkilotida
mutasaddi boʻlgan boʻlinma va kafedralar, professor-oʻqituvchilar
bilan dasturlarni koʻrib chiqish, amaliyotchi-rahbarlar bilan ish
olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish
Oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirish jarayoniga axborot
texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan
foydalanish samaradorligini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish
Moliyaviy nazorat organlari hamda vazirlikning masofaviy nazorat
(Situatsion markazi) da o‘tkazilgan risk tahlillar natijasida
aniqlangan shubhali holatlarni belgilangan muddatlarda birlamchi
hujjatlar asosida o‘rganib, tegishli ma’lumotlarni kiritish.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish
jarayonini, ya’ni xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi,
daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda ularga
qo‘shimcha hujjatlarni tuzish, tasdiqlash va ijro etish tartibi va
jarayonlarini o‘rganadi va baholaydi
Asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik
yuzasidan mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar holati va
ularning kelib chiqish sabablari hamda manbalarini o‘rganish orqali
barcha turdagi debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish va
ularning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi
Aniqlangan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish
holatlari yuzasidan ta’lim muassasasi rahbarini xabardor qilib
boradi
Vazirlik ichki audit boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi