1998-yilda Andijon davlat universitetining “Tarix” fakulteti negizida Huquq-iqtisod fakulteti “Yurispuridensiya” yo‘nalishi bilan ochilgan. Bu fakultet 2005-2011-yillarda “Milliy istiqlol g‘oyasi xuquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi ochilgandan keyin Pedagogika fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirgan. 2011-2014-yillarda Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida, 2015-yilga borib universitet rektorining 01-17/1-sonli “Universitet tarkibiy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan mustaqil fakultet sifatida Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetiga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yil PQ-42-son "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida “Andijon davlat universiteti” tarkibida 2025-yil 27-avgustdan “Huquq-iqtisod” fakulteti sifatida qayta nomlanib zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya xonalari, yuqori malakali pedagog xodimlarning o‘quv va ilmiy, ilg‘or pedagogik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan holatda samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.2025-yil 16-yanvardan hozirgi vaqtgacha Andijon davlat universitetining “Huquq-iqtisod” fakulteti dekani sifatida samarali faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.