O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli 'O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida'gi Qonun bilan tasdiqlangan. Davlat gerbi ko‘rinishi: gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, u bug‘doy boshoqlari (chap tomonda) va ochilgan paxta chanoqlari (o‘ng tomonda)dan iborat chambarga o‘ralgan. Gerbning yuqori qismida respublika erkinligining ramzi sifatida sakkizburchak, uning ichida esa yarim oy va yulduz joylashgan. Markazda qanotlarini yozgan Humo qushi – baxt va erksеvarlik ramzi – tasvirlangan. Pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifodalovchi lenta ustida 'O‘zbekiston' so‘zi yozilgan. Rangli tasvirda: Humo qushi va daryolar — kumush; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va 'O‘zbekiston' yozuvi — oltin; paxta shoxlari, tog‘lar va vodiy — yashil; chanoqlardagi paxta — oq; lenta — Davlat bayrog‘i ranglarida; sakkizburchak — havo rangda oltin hoshiyali; yarim oy va yulduzlar — oq.

