Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Tibbiy punkt

Emblem background

Isaqova Muhabbatxon Tojiddinovna

Telefon:

+998934157081

Email:

isoqova.muhabbatxon@adu.uz

Isaqova Muhabbatxon Tojiddinovna

Bo'lim haqida

1975 yilda 2-poliklinikadan shtatlar holati bilan 1 me’yor bo‘lim mudiri, 1 me’yor hamshira shtatlari ajratilgan. 1998 yilda 2-o‘smirlar poliklinikasi ixtiyoriga shtatlar birligida o‘tkazilgan. 2015-yildan boshlab Andijon viloyat ko‘p tarmoqli 5-sonli Markaziy poliklini ixtiyoriga o‘tkazilgan va 2021-yildan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida tibbiy xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 5-noyabrdagi 56- va 56 Q/Q-son hamda Sog‘liqni saqlash va Maktabgacha ta’lim vazirligining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 11-noyabrdagi 57- va 13-sonli qarorlari asosida 2 ta hamshira shtatlari bekor qilindi va 3 ta hamshira universitet budjetdan tashqari tushumlar hisobidan shtatlar ajratildi.

bo‘limining asosiy vazifalari:

Talabalar, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga birlamchi hamda malakali tibbiy yordam ko‘rsatish.
Profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish va yuqumli hamda mavsumiy kasalliklarning oldini olish choralarini amalga oshirish.
Sanitar-oqartuv, targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, diagnostika va davolash jarayonlarini nazorat qilish.
Tibbiy shoxobcha xodimlari faoliyatini boshqarish, mehnat intizomi, sanitar-gigienik va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash.