Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Profilaktik nozir

Emblem background

Nazarov Ulug‘bek Sharipovich

Profilaktika inspektori

Telefon:

+998993531990

Email:

nazarov.ulug'bek@adu.uz

Nazarov Ulug‘bek Sharipovich

Bo'lim haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son hamda 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarni uzviy ilmiy ijodiy faoliyatga undash, ularni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarni tahliliy o‘rganib, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida universitetda profilaktika inspektori lavozimi joriy qilingan.

bo‘limining asosiy vazifalari:

Ta’lim muassasalarida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-sonli qarori talablariga muvofik, bevosita biriktirilgan oliy ta’lim muassasasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi.
Ta’lim muassasalari profilaktika (katta) inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlari ta’lim muassasasi mas’ullariga «Talabalar balansi»ga kiritish uchun huquqbuzarlik sodir etan hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan talabalar ro‘yxatini taqdim etadi.
Ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlari tomonidan xizmat xonasida belgilangan tartibda hujjatlarni yuritish tashkil etilsin, jumladan: yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq fuqarolarni qabul qilish kitobi, 3-ilovasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi hududiga xizmatga kelgan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tashkilotlar xodimlari hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalarini qayd etish kitobi, 4-ilovasiga muvofiq profilaktika suhbatlarini qayd etish kitobi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishga oid yozishmalar va ma’lumotlar yig‘ma jildlari yuritilishi ta’minlansin.