Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Emblem background

Nurmatov Dilshadbek Nabijanovich

Telefon:

0(374) 223-83-70

Email:

talimsifati@adu.uz

Qabul kunlari:

Har kuni

Qabul vaqti:

14:00-18:00

Nurmatov Dilshadbek Nabijanovich

Bo'lim haqida

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining ishlash nizomi 2023-yil 10-apreldagi Andijon davlat universiteti rektorining “Andijon davlat universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risida”gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘i, 2024-yil 14-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 381-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-sonli buyrug‘i, 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 451-sonli buyrug‘i.

Bo‘limining asosiy vazifalari:

Universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish
Talabalar bilimlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish
Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan, salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (ob’yektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish
Professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish
Universitetni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish
O‘quv jarayonining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va Hemis tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi)
Malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish
Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish
O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish
Dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash