Bo'lim haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 31 avgustda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurganida bu muzey muzeylarning muzeyi bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, Andijonda ham, Qoraqalpog‘istonda ham, Xorazmda ham, Qashqadaryoda ham, har bir viloyatining markazida yoki universitetining qoshida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini ochishimiz kerak deb ko‘rsatgan edi. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi universitetning 1000 o‘rinli o‘quv binosining 1-qavatida joylashgan bo‘lib 741 kv. metr joyni egallagan. Muzeyning ekspozitsion zallari – 9 ta zal va bitta koridordan, shuningdek, bino fasadidagi ikkita pannolardan iborat. Arxiv va fondlar, xodimlar uchun alohida xona, bitta qo‘shimcha omborxona mavjud. Bino 2021 yili ta’mirlangan. Muzey ekspozitsiyalari to‘liq yaratilgan bo‘lib bugungi kunda ham eksponatlarni boyitish va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeyda 4 ta kompyuter, 5 ta infokiosk, 1 ta televizor, 1 ta proyektor, 10 ta videokamera bor. Muzey universitetning internet va telefon tarmoqlariga ulangan va horij tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari mavjud.
