
Usmonov Joxongir Nishonboyevich
Telefon:
+998742238814
Email:
phdusmonov@adu.com

Bo'lim haqida
Andijon davlat universiteti ”O‘quv-metodik taʼminoti” bo‘limi o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklar va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy tuzilmadir. Bo‘lim ta’lim sifatini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va professor-o‘qituvchilarning metodik mahoratini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bo‘limining asosiy vazifalari
Oliy taʼlim tashkiloti taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari
o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik
holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda, fakultetlar va
kafedralarning o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini
o‘rganadi hamda tegishli takliflar tayyorlaydi.
Rektor va Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga sohaga tegishli
dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritadi hamda bu borada
maʼlumotlarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi.
Zaruriy hollarda O‘quv-uslubiy boshqarmada tayyorlanayotgan
hujjatlarni oliy taʼlim tashkiloti bo‘lim boshliqlari hamda
dekanlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi.
Oliy taʼlim tashkiloti ilmiy-uslubiy Kengashi yig‘ilishlari kun
tartibiga oid masalalarni tayyorlaydi.
O‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha fakultet va kafedralar
o‘quv-uslubiy Kengash rahbarlari seminarlarini tashkil qiladi.
Pedagog xodimlarning mutaxassislik, ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalari bo‘yicha tegishli muddatlarda malaka oshirish
rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi.
Oliy taʼlim tashkilotida eng yaxshi o‘quv adabiyotlari yillik
tanlovlarini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka taqdim etadi.
Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va uning
negizidagi magistratura mutaxassisliklarini o‘quv adabiyotlari bilan
taʼminlashni tashkil qiladi.
Belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha oliy taʼlim tashkilotida “Eng
yaxshi” pedagog tanlovini o‘tkazadi va natijalarini vazirlikka
taqdim etadi.
Ilmiy-uslubiy kengashlarga tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydi.
Pedagog kadrlar va rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish jarayonini tashkil etadi, hujjatlarni tayyorlaydi,
jarayonni nazorat qiladi.
O‘quv reja va o‘quv dasturlari (sillabus)larni tuzilishini va
tayyorlashni nazorat qiladi.
Oliy taʼlim tashkiloti fakulteti dekanatlaridagi o‘quv-meʼyoriy
hujjatlarning yuritilishini nazorat qiladi.
Sifat nazorati hayʼati orqali o‘quv mashg‘ulotlarning sifat
darajasini oshirishga erishish, yosh pedagog kadrlar malakasini
oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab
chiqadi.
Oliy taʼlim tashkilotida fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda
o‘quv-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi.
o‘quv-uslubiy jarayon bo‘yicha prorektor va boshqarma boshlig‘ining
tegishli topshiriqlarini bajaradi.
