Manfaatlar to`qnashuvi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKRATURASINING QARORI (3565) HAQIDA MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 30-oktabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3565-son Qarori ijrosi yuzasidan Аndijon davlat universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” g‘oyasi asosida yoshlar qalbida joy oladigan tizim yaratish hamda talaba-yoshlar ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va ularda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida talabalarni belgilangan taqsimot asosida o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Taqsimot bo‘yicha joriy yilning may oyi davomida universitetning 1-bosqich, sentabr oyida 2-bosqich talabalari o‘qitildi, oktabr oyida 3-bosqich, noyabr oyida 4-bosqich talabalarini o‘qitish rejalashtirilgan. Universitet xodimlaridan 2025-yilda 7 nafar xodimlar o‘qitildi va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Bugungi kunda xodimlarni o‘qitish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-iyundagi PQ-210-son nazorat rejasi yuborilgan. Ushbu qaror va nozorat rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektori tomonidan 2024-yil 25-iyun nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Shu bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 25-sonli buyrug‘i ijro uchun yuborilgan bo‘lib, ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektorining 2025-yil 20-fevraldagi 01-01-254-sonli buyrug‘i tasdiqlangan. Ushbu buyruqlarda belgilangan topshiriqlarga muvofiq universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetning O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan xodimlaridan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar olingan bo‘lib, deklaratsiyalar bo‘lim xodimlar tomonidan tahlil qilingan hamda ma’lumotlar universitet rahbariyatiga taqdim qilingan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son qarori haqida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-23-143-son nazorat rejasi yuborilgan. Ushbu qaror va nazorat rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti rektori tomonidan 2024-yil 5-iyulda nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
