Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Bosh yuriskonsult

Emblem background

Sodiqova Mo’tabarxon

Birinchi darajali katta yuriskonsult

Telefon:

+998 94 636 17 66

Email:

motabarxon@adu.uz

Sodiqova Mo’tabarxon

Bo'lim haqida

Yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizomni, Universitet masalalariga oid qarorlarini bilishi, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, Universitet huquqiy faoliyatiga oid uslubiy, me’yoriy hamda boshqa ma’muriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib qoidalarini bilishi kerak

bo‘limining asosiy vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qarorlarini, Kengash qarorlarini va rektor buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi
Universitet rahbariga taqdim etiladigan xo‘jalik shartnomalarini o‘rganadi, imzolaydi va shartnoma summasi eng kam ish haqining 200 barobaridan oshganda yozma xulosa beradi
Universitetning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida ishtirok etadi hamda normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritadi
Pedagog va boshqa xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi hamda qonuniylikni ta’minlaydi
Universitetning shartnomaviy-huquqiy va da’vo ishlarini yuritadi
Sudlarda va boshqa idoralarda Universitet manfaatlarini himoya qiladi
Xodimlarning murojaatlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarni topishda va tushuntirish berishda yordam beradi
Rektorga taqdim etiladigan huquqiy hujjatlarni qonunchilikka muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi
Fuqarolar va xodimlarga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat beradi
Universitet normativ-huquqiy hujjatlar fondini shakllantiradi va saqlanishini ta’minlaydi
Qonunchilik masalalari bo‘yicha rektorga tahliliy materiallar tayyorlaydi
Mansabdor shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etishda qatnashadi
Universitet faoliyatiga oid qonunchilikni targ‘ib qiladi
Universitet va uning bo‘limlarida qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mukammal biladi
Universitet ichki tartib-qoidalari va odob-axloq kodekslariga rioya qiladi