Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Bandlik

Andijon davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilarining bandligi to'g'risida MA’LUMOT

2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari bandligi tahlili

Umumiy ma’lumot

Andijon davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yili davomida jami 5 603 nafar bitiruvchi mavjud bo‘lib, shundan 4 995 nafari Andijon viloyatidan bo‘lgan talabalar hisoblanadi.

Jumladan:

  • 1 449 nafar — bakalavr
  • 4 011 nafar — sirtqi ta’lim
  • 143 nafar — magistratura talabalari

Bandligi ta’minlangan bitiruvchilar

Bugungi kun holatiga ko‘ra, jami 3 899 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlangan.

  • 3 494 nafar — davlat tashkilotlarida
  • 286 nafar — xususiy sektorda
  • 119 nafar — huquqni muhofaza qilish organlarida

Bandligini ta’minlash imkoni mavjud bo‘lmagan holatlar

Ayni vaqtda 1 518 nafar bitiruvchini ish bilan ta’minlash imkoni mavjud emas.

  • 1 112 nafar — bola parvarishi yoki tug‘ruq ta’tilida
  • 56 nafar — turmushga chiqqan
  • 18 nafar — boshqa hududga ko‘chib ketgan
  • 8 nafar — sog‘lig‘i yoki nogironligi sababli
  • 84 nafar — o‘qishni davom ettirish istagida
  • 53 nafar — o‘qishni tugatmagan
  • 68 nafar — hozircha ishlash istagi yo‘q
  • 119 nafar — chet davlatlarga chiqib ketgan

Bugungi kunda 186 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

“Kelajakka qadar” loyihasi doirasida 49 nafar talabaga 1 mlrd 997 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.