Qisqa ma'lumot
Ochlikka barham berish haqida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.12.2022 yildagi 716-son “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlar xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida berilgan vazifalarni ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish va zarur choralar ko‘rish; asosiy turdagi tovarlar (mahsulotlar) narxlarining o‘zgarishi dinamikasini monitoring qilish, ularning tebranishiga ta’sir etgan omillarni va ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish; vakolatli organ tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ombordagi tovarlari (mahsulotlari) mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma va ko‘rsatmalar berish; Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish ishlarni tashkil qilish kabi tashiliy choralar ko‘rilgan.
Qashshoqlikka barham berish haqida
MA’LUMOT
Yoshlarga oid davlat dasturi doirasida hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlarga hamohang tarzda, shuningdek, viloyat hokimligiining kambag‘allikni qisqartirish borasida berayotgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetining ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarini moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetda tahsil olayotgan 21 nafar chin yetim talabalarga har oy bazaviy stipendiyaning 50% oshirilgan holda to‘lov qilib berildi, 20 nafar qalqon jamoatchilik guruhi azolari hamda 23 nafar kordinatorlarga har oy bazaviy stipendiyaning 1-3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish berildi, talabalar turar joyida istiqomat qilgan jami 20 nafar talabaga 50% miqdorida talabalar turar joylari to‘lovidan ozod qilindi, 3 dekabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 120 nafar nogironligi bor talabalarga 68 mln 670 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi.
Iqtidorli talabalardan iborat ijodiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Jadidlar jasorati – millatimiz faxri» mavzusida yozilgan insholar tanlovida (universitet bosqichida) g‘olib bolgan talabalarga bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida, futzal sport turi bo‘yicha «Talabalar ligasi» hamda «Universiada» sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga umumiy hisobda 77 mln 475 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi
O‘zbekiston «Quvnoqlar va Zukkolar» assotsiyasining 2022 yil 10 martdagi 06-sonli xati asosida «Quvnoqlar va Zukkolar» ko‘rik-tanlovining «Vodiy liga» bahslarida g‘olib bo‘lganligi uchun universitet «Universal» jamoasining 10 nafar talabalarni esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Xalqaro hamda respublika musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga 184 mln 311 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirildi va bu hammasi emas, universitet, viloyat, Respublika tadbirlarida faol ishtirok etgan talabalarga jami hisobda 176 mln 837 ming so‘m miqdorida rag‘batlantirili
Universitetda ushbu sohadagi ishlar keyingi o‘quv yilida ham keng ko‘lamda amalga oshiriladi.
