
Toshpo‘latov Asronbek Mutalibovich
Telefon:
(74) 225-54-98, (93)
Email:
asronbek@adu.uz

Bo'lim haqida
Bosh muxandis universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘limi tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita prorektor boshqaruvida faoliyat olib boradi. Bosh muxandis o‘z tarkibida o‘quv bino va talabalar turar joylari obodonlashtirish, issiqlik, mexnatni muxofaza qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Qurilish ishlarini yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni universitet ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
bo‘limining asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Zahiriddin Muhammad
Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tasdiqlagan nizomlar orqali faoliyatini olib boradi
Universitetning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga
oshirish
Universitetning muhim obyektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya
qilinishini nazorat qilish
Universitetning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruktsiya, kapital
va joriy ta’mirlash buyicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish
Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini
tayyorlash
Universitetning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir obyekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini
tuzish va tayyorlash
Mavjud obyektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga
moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish
Binolar texnik xolati va jixozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish
Bo‘ysunuvchi shu’balarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi
qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish
Universitetning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha
xisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish
O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysinuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish
O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash
Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha
tavsiyalar berish
Universitetda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshka
turdagi yoqilgilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish
O‘z bo‘ysinuvidagi shu’balar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash
Universitetga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar
berish
