
JAYNAQOV MIRZOHID SHARABUTDINOVICH
Telefon:
(93) 448-22-10
Email:
jaynaqovmirzohid@gmail.com

Bo'lim haqida
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim ilmiy loyihalar, grantlar, doktorantura faoliyati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi.
Bo‘limining asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.
