Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Amaliy tadbirlar

Amaliy tadbirlar

 Andijon davlat universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish  “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan   2021-yildan 2025-yilgacha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

                                                                                    MA’LUMOT

2021-yil 7-iyundan dekabrgacha:

Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi 2021-yilning 7-iyunida tashkil etilgan bo‘lib, 2021 yil 7-iyundan dekabr oyigacha Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari uchun ijodiy imtihonlar oldidan ta’magirlik, poraxo‘rlik va firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Biz birgalikda Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiyalar o‘tkazildi.  

2021 yilning 3 choragida universitetda turli yo‘nalishlarda masalan, joriy remont, kitob chop etish v.x.k. larda 15 marotaba tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar  2021-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xaridlari to‘g‘risidagi 684-sonli qonuni asosida tanlov o‘tkazish qonun talablari asosida shaffof va halol o‘tkazildi. Ishlarning ijrosi nazoratga olingan.

2021 yilning 2 dekabr kuni Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Andijon viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul hodimlari va Unversiteti huquqshunosi Mo‘tabarxon Sodiqova ishtirok etdi. Talabalarga 9 dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “AKSILKORRUPSIYa haftaligi” doirasida “Korrupsiya - rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati tashkil etilayotgani uqtirildi. Muloqot davomida ta’lim tizimida korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari va unga olib olib kelayotgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.

2022-yilda:

Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida fakultetlararo professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida universitet rektori tashabbusi  hamda tasdiqlangan reja-jadval asosida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan quyidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz”, “Korrupsiya jamiyat kushandasi”  mavzularida 50dan ortiq davra suhbatlari o‘tkazildi.

Andijon davlat universitetida 2021-2022 o‘quv yilida bakalavriat kunduzgi ta’limda 30 ta, magistratura bosqichida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari, shu bilan birga yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini o‘tkazish belgilangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ushbu sinov jarayonlarini shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash, korrupsiya holatlari kelib chiqishini oldini olish borasida tizimli ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

2022 yil 20 sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 22-29 sentyabr kunlari fakultetlar kesimida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan tanishuv, o‘quv jarayoni hamda turar joy bilan ta’minlanganligi bo‘yicha suhbat, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 1250 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

2023-yilda:

2023-yil davomida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bo‘limlar, fakultet va kafedralarda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish munosabatini shakllantirish” mavzusida 50 dan ortiq davra suhbatlari, yig‘ilishlar va seminarlar o‘tkazildi.

16-30 noyabr kunlari universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi devoriy gazeta”, “Eng yaxshi insho” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabalar universitet rektori tomonidan faxriy yorliq va pul mablag‘lari bilan taqdirlandilar.

2024-yilda:

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yil davomida universitet professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tushunchalarning aniq mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish yuzasidan 60 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yilning mart-aprel oylarida qishki semestr yakunlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalardan anonim so‘rovnomalar olindi. Ushbu so‘rovnomalarda jami 465 nafar talabalar ishtirok etdi.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2024 yil 27 aprel kuni universitetning 260 nafar professor-o‘qituvchilaridan anonim so‘rovnoma olindi. So‘rovnoma tahlillari bo‘yicha ma’lumotnoma universitet Kengashida muhokama qilingan.

Yuqoridagilarlan kelib chiqib, universitetga yangi ishga qabul qilingan va faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarni universitet rektorining 2024 yil 15 may kungi “Andijon davlat universitetiga ishga qabul qilingan va faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazish to‘g‘risida”gi 0101445-son buyrug‘iga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limidan profilaktik suhbatdan o‘tkazish hamda ulardan ogohlantirish xati olish belgilangan.

2025-yilda:

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida universitet professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning salbiy oqibatlarini ifodalovchi tushunchalarning aniq mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish yuzasidan 30 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.