Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Reja va moliya bo'limi

Emblem background

OBIDOV OTABEK ANVARJON O'G'LI

Telefon:

+998 88 135 01 00

Email:

otabek@adu.uz

OBIDOV OTABEK ANVARJON O'G'LI

Bo'lim haqida

Oliy ta’limda rejalashtirishning asosiy vazifasi bo‘lgan xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan mutaxassislarni davlat tomonidan tayyorlashda barcha mehnat, moliyaviy va mulkiy resurslarni jamlash shuningdek, ularni foydali ishlatishdan iborat. Andijon davlat universiteti reja va moliya bo‘limi (keyinchalik “Bo‘lim”) davlat budjeti xisobida bo‘lgan xolda rejalashtirishni hamda kelgusidagi rivojlanishini va universitetning barcha bo‘limlarini rivojlanishi, universitet mablag‘i va moddiy boyliklarini moliyalashtirish va taqsimlanishini ta’minlaydi. “Bo‘lim” o‘z faoliyati davomida oliygoxning mehnat va moliyaviy qonunlarining davlat tartiblarini nazorat qilishni ta’minlaydi. “Bo‘lim” universitetning kafedralar va bo‘limlarini moliyaviy nazoratini va xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish ishlarini olib boradi. “Bo‘lim” moliya va iqtisod ishlari prorektoriga bo‘ysunadi va rektor tomonidan tasdiqlangan “Nizom” asosida ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida ishni tashkil qilish, yillik va kelgusi rejalashtirish ishlarini olib boradi

bo‘limining asosiy vazifalari:

Mutaxassislarning tayyorlovida davriy qo‘llanmalarini, universitet ish faoliyatini rejalashtirish va moliyalashtirish, rejalashtirish davomida kerakli ta’riflarni ishlab chiqish
Universitetning shtat birligi va moliyaviy imkoniyatlaridan to‘g‘ri va foydali foydalanish, professor-o‘qituvchilar (PPS) va o‘quv-yordamchi xodimlar (UVP) soni bo‘yicha loyiha-hisob-kitoblarni ishlab chiqish va o‘quv yili uchun vazirlik tasdig‘iga taqdim etish
Professor-o‘qituvchilar hamda boshqa toifadagi xodimlar mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlash bo‘yicha rejalashtirishning yangi va takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish
Universitetning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va boshqa bo‘limlar faoliyatini tahlil qilib, ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish
Universitet rektori oldida moliyaviy va shtat intizomiga rioya etilishi hamda moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi