Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi

Emblem background

Umarov Xusanboy Rustamovich

Bo'lim boshlig'i

Telefon:

+998 94 094 77 00

Email:

xuanumarov@adu.uz

Umarov Xusanboy Rustamovich

Bo'lim haqida

Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi oliy ta’lim tashkilotida kunduzgi, muqobil, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim o‘quv jarayonining sifatini nazorat qiladi, yakuniy va davlat attestatsiyalarini tashkil etadi, professor-o‘qituvchilar yuklamalarini rejalashtiradi hamda talabalar bilan bog‘liq o‘quv jarayonlarini boshqaradi

bo‘limining asosiy vazifalari:

Oliy ta'lim tashkilotida kunduzgi va muqobil ta'limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi
Semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan o‘tkaziladigan yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishini tashkil etadi, nazorat qiladi hamda mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda yakuniy nazorat ishlarining tekshirilishida shaffoflikni ta’minlaydi
O‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etilishini hamda kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlashtirilishini nazorat qiladi
Kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqqa tavsiya etadi
Kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi
Kunduzgi va muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik va ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi
Oliy ta’lim tashkiloti kengashi majlislarida, rektorat, fakultet va kafedralarda kunduzgi va muqobil ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi