Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Emblem background

BOTIROV MIRZABAHROM ABDUQAXXOROVICH

Andijon davlat universiteti hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Telefon:

+998 90 622-07-53

Email:

mirzabahrom@mail.ru

BOTIROV MIRZABAHROM ABDUQAXXOROVICH

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi haqida haqida

Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyatini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya, Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi O‘zbekston respublikasi qonuni, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qurultoy qarorlariga, O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qurultoy qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etadi. Universitet kasaba uyushmasi xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi universitetda faoliyat yuritayotgan barcha pedagok xodimlarni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan ximoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratilishini nazorat qilib, bu boradagi muammolarni tezda aniqlab universitet ma’muriyatiga yetkazib ijobiy choralar ko‘rish, pedagok xodimlarni hamda ularning oila a’zolarini sanatoriyalarda dam olishlarini tashkil etish, yozgi ta’til davrida pedagok xodimlarning farzandlarini lagerlarga yuborish hamda universitet ma’muriyati bilan xamkorlikda universitetda turli ma’naviy tadbirlar va sport tadbirlarini tashkil etib g‘oliblarin munosib taqdirlash kabi vazifalarni amalga oshirib keladi. Bundan tashqari kasaba uyushmasi moddiy yordamga muxtoj pedagok xodimlarga tizimli ravishda moddiy yordamlar beradi. Xozirda nafaqaga chiqib uyida o‘tirgan xodimlarni xolidan xabar olish kabi ishlarni ham amlaga oshiradi. Xozirgi kunda kasaba uyushmasi qo‘mitasida, kasaba uyushmasi raisi hamda 0.5 me’yor xisobchi faoliyat olib bormoqda.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasining asosiy vazifalari:

kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi hamda a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim kasaba uyushma a’zosi bo‘la oladi;
mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xo‘jalik organlarida kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo‘lishi;
kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko‘rib chiqilayotgan majlislar, yig‘ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
yuqori kasaba uyushma qo‘mitalariga murojaat etish;
kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘llanmalar olish.