Andijon davlat universiteti moddiy-texnika bazasidan aholining foydalanish darajasi
Andijon davlat universitetining moddiy-texnika bazasi Prezident qarorlari hamda universitetning budjetdan tashqari tushumlari hisobidan doimiy ravishda boyitib borilmoqda.
Hozirgi kunda universitetda 856 ta kompyuter mavjud bo‘lib, ularning barchasi internet tarmog‘iga ulangan. 22 ta laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, ularning barchasi zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan.
Universitetda bitta stadion, 2 ta sport zali, bitta suzish havzasi, mini stadion, basketbol va voleybol maydonlari mavjud.
Universitetning moddiy-texnika bazasidan Andijon viloyati fuqarolari foydalanishlari uchun keng sharoitlar yaratilgan. Avvalo, fuqarolar universitet moddiy-texnika bazasidan mutlaqo bepul foydalanishadi. Sport zallari va stadionlar 24 soat ochiq bo‘lib, ulardan foydalanish uchun to‘liq imkoniyat yaratilgan.
Akademik litsey, texnikum va umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun laboratoriya xonalaridan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan.
