Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Talabalar amaliyoti boʻlimi

Emblem background

Rakhimov Akmaljon Karimjonovich

O‘quv uslubiy boshqarmaning Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i

Telefon:

+998912627510

Email:

muslimbekmadaminov4940@gmail.com

Rakhimov Akmaljon Karimjonovich

Bo'lim haqida

Andijon Davlat Universiteti Talabalar amaliyoti bo'limi 2025-yil sentabr oyida tashkil etilgan bo'lib unda asosan talabalar amaliyoti, hamda bitiruvchilar bandligini monitoring qilish bilan shug'ullanadi.

Bo‘limining asosiy vazifalari:

Boʻlimning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish
Boʻlimning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini taʼminlash
Boʻlimning maqsadidan kelib chiqib oliy taʼlim tashkilotida mutasaddi boʻlgan boʻlinma va kafedralar, professor-oʻqituvchilar bilan dasturlarni koʻrib chiqish, amaliyotchi-rahbarlar bilan ish olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish
Shahar va tuman hokimliklari, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari yordamida korxona, tashkilot, firmalar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilishini taʼminlaydi
Boʻlim xodimlarining xizmat vazifalarini taqsimlash, ularga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli bajarilishini, oliy taʼlim tashkilotining ichki nizomi va tartib qoidalariga rioya qilishini nazorat qiladi
Oliy taʼlim tashkilotida kunduzgi va muqobil taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish boʻyicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi
Shahar va tuman hokimliklari, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari yordamida korxona, tashkilot, firmalar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilishini taʼminlaydi
Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish
Amaliyotlarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi va nazoratni amalga oshiradi
Korxona va tashkilotlarga amaliyot boshlanishidan bir hafta oldin malaka amaliyotiga yuborilayotgan talabalar roʻyxatini taqdim etilishini nazorat qiladi
Korxonalar va tashkilotlarda ulardagi mutaxassislar bilan amaliyot oʻtkazishga doir maʼruzalar, ekskursiyalar, shu korxonalar bazasida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishni tashkil etish rejasini tuzib chiqadi