Loyihalar
Mening innovatsion g‘oyam haqida
Universitetda yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan.
Bugungi kunda universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarda magistratura va bakalavriatura bosqichi talabalaridan 21 nafari faol ishtirok etib kelmoqda.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan ilmiy maqolalar yozish, ularni mahalliy va xorijiy jurnallar talablari asosida rasmiylashtirish hamda chop ettirish bo‘yicha seminar-treninglar muntazam o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, talabalarni ilmiy faoliyat, biznes hamda innovatsion g‘oyalar bilan ishlashga qiziqtirish maqsadida “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi ishlanma” tanlovlari tashkil etilib, g‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilmoqda.
Kelgusida ushbu tanlov g‘oliblari o‘z innovatsion g‘oyalari bilan davlat dasturlari doirasidagi tanlovlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
