
TOSHPOLATOVA SOBIRAKXON YULDASHEVNA
Telefon:
74 223-88-14
Email:
sobiraxon@adu.uz

Bo'lim haqida
1991-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-1084 sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, viloyat, tuman, shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi berildi. 2004 yilning 25 mayida Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-3434 sonli farmonining e’lon qilinishi xotin-qizlar qo‘mitalariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.Xotin-qizlar qo‘mitasining eng asosiy bo‘g‘ini – Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti hisoblanadi. Boshlang‘ich tashkilotning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati» haqidagi Nizom huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
