Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi

Emblem background

Tursunov Ravshanbek Qodirovich

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi direktori

Telefon:

+998 74 223 88 30

Email:

tursunovravshanbek@adu.uz

Tursunov Ravshanbek Qodirovich

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi haqida


Manzil va Tarix

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi Shahrixon tumani, Qumtepa MFY, Nazarmaxram 2-uyda joylashgan.

Texnikum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1965 yil 3 sentyabrdagi 1624-R sonli farmoishi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1965 yil 8 sentyabrdagi 326-sonli buyrug‘iga muvofiq Andijon qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish texnikumi sifatida tashkil topgan. 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795-sonli qaroriga ko‘ra Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi sifatida qayta tashkil etilgan. 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-sonli farmonga asosan texnikum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkazilgan va Andijon Davlat Universitetiga biriktirilgan.

Binolar va quvvat

Texnikum o‘quv binosi 900 o‘rinli bo‘lib 52 ta o‘quv va yordamchi xonalardan iborat. Faollar zali va sport zali mavjud. Quvvati: 900 o‘quvchi o‘rni.

Mutaxassisliklar

  • 50410101 — Buxgalteriya hisobi va audit
  • 50610401 — Kompyuter injinering
  • 50710301 — Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish
  • 50711401 — Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
  • 50810101 — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash servis texnik-texnologi
  • 50810201 — Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish
  • 50811202 — Suv xo‘jaligi va melioratsiya
  • 50840101 — Veterinariya meditsinasi

O‘quvchilar soni

Jami: 599 nafar.