EKOFAOLLAR HARAKATI
Andijon davlat universiteti Ekologiya va barqaror rivojlantirish kafedrasida ekologik ongni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'lida faoliyat yurituvchi EKOFAOLLAR HARAKATI tashkil etilgan. Bu harakat talabalar, professor-o'qituvchilar va universitet xodimlarini birlashtirib, barqaror rivojlanish tamoyillarini keng targ'ib qilish, tabiatga mehr-muhabbatni oshirish hamda yashil kelajak uchun amaliy ishlar amalga oshirishga xizmat qiladi.
Maqsad va vazifalar:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrash bo'yicha amaliy tadbirlar va ekologik aksiyalarni tashkil etish.
- Talabalar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, ularni atrof-muhit muammolariga munosib javob berishga o'rgatish.
- Universitet hududida chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash tizimini rivojlantirish va chiqindilarni to'g'ri boshqarishni ta'minlash.
- Barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalar bo'yicha ilmiy seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil qilish.
Ekofaollar harakati bugungi kunga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda:
Yashil makon yaratish
"EKOFAOLLAR HARAKATI" doirasida universitet hududida ko'chat ekish, bog'lar va dam olish maydonlarini tashkil etish bo'yicha muntazam aksiyalar o'tkaziladi.
Chiqindilarni saralash
Universitetda chiqindilarni ajratish tizimini joriy etish va talabalarga chiqindilarni kamaytirish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borish.
Plastikdan voz kechish
Plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish va qayta ishlash imkoniyatlarini oshirish.
Ekologik nazorat va monitoring
Universitet hududidagi ekologik holatni doimiy nazorat qilish va muammolarni aniqlash.
Siz ham bu ishga o'z hissa qo'shing va bizga qo'shiling!
Harakatimizga qo'shilib, siz ham tabiatni himoya qilish, sog'lom va barqaror kelajak qurilishida faol ishtirok etishingiz mumkin.
Ekofaollar — bu nafaqat atrof-muhitga hurmat, balki jamiyatga xizmat qilish va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati!

.jpg)


Andijon davlat universiteti jamoasi eko-aksiyada faol ishtirok etmoqda
23-oktyabr, 2024
Mamlakatimizning barcha hududlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida "Hayot uchun joy ajrating" shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o'tkazilmoqda.
Bugun, 23-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev tashabbusi bilan professor-o'qituvchilar, eko-faollar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida hududlarni chiqindilardan tozalash bo'yicha ommaviy eko-aksiya tashkil etildi.
Jarayon davomida ishtirokchilar universitet hududi bo'ylab har tomonlama chiqindilarni yig'ib, atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo'shdilar va hududni yanada ozoda, sifatli hamda qulay makonga aylantirdilar.
Andijon davlat universiteti jamoasi shahar obodligi uchun "Eco Plogging" aksiyasini o'tkazdi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i
200 nafar eko-faol talaba
Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligida volontyorlar jamoasi tomonidan Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i hududida "Eco Plogging" aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur ekologik tashabbus "Toza muhit – sog'lom hayot" shiori ostida o'tkazilib, talabalarda tabiatga nisbatan mas'uliyat hissini kuchaytirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda shahar hududlarini obod qilishga ko'maklashishni maqsad qilgan.
Aksiya davomida volontyorlar bog' hududini maishiy chiqindilardan tozaladilar, aholi o'rtasida atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to'g'ri tashlash va ekologik tozalikni saqlash bo'yicha targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Maqsad va ta'siri
Andijon davlat universiteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish, sog'lom hayot tarzini targ'ib etish va shahar obodonchiligiga munosib hissa qo'shishda muhim o'rin tutmoqda.
Andijon davlat universiteti jamoasi shahar obodligi uchun "Eco Plogging" aksiyasini o'tkazdi
Mazkur ekologik tashabbus talabalarda tabiatga nisbatan mas'uliyat hissini kuchaytirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda shahar hududlarini obod qilishga ko'maklashishni maqsad qilgan.
Aksiya davomida volontyorlar bog' hududini maishiy chiqindilardan tozaladilar, aholi o'rtasida atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to'g'ri tashlash va ekologik tozalikni saqlash bo'yicha targ'ibot ishlarini olib bordilar.
Andijon davlat universiteti jamoasi tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish, sog'lom hayot tarzini targ'ib etish va shahar obodonchiligiga munosib hissa qo'shishda muhim o'rin tutmoqda.
