Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi

Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi

 

Bo‘lim to‘g‘risida ma’lumot:

“Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi” Andijon davlat universitetining strukturaviy bo‘linmasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi universitetning xalqaro va milliy reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashini ta'minlash, reyting mezonlari asosida ichki sifat ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, tahlil etish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

Bo‘lim universitet faoliyatining ilmiy, ta’limiy, innovatsion va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi reyting ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘limga tegishli vazifalar ro‘yxati:

  1. Universitetning xalqaro (QS, THE, UI Greenmetric va boshqalar) hamda milliy reytinglardagi o‘rnini tahlil qilish va takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish.
  2. Reyting mezonlariga muvofiq universitet faoliyatini o‘rganish, muhim indikatorlarni aniqlash va ularni doimiy ravishda monitoring qilish.
  3. Reytinglar bo‘yicha ichki hisobotlar tayyorlash va universitet rahbariyatiga taqdim etish.
  4. Statistika va tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
  5. Xalqaro va milliy reyting agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
  6. Fakultet va kafedralarning reyting mezonlariga muvofiq faoliyat yuritishini muvofiqlashtirish.
  7. Reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ilmiy maqolalar, patentlar, talabalar yutuqlari, o‘quv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  8. Universitet veb-sayti va boshqa axborot resurslarida reytinglar uchun zarur bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni joylashtirishda ishtirok etish.
  9. Reytinglar bilan ishlash bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish.

Bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar:

  1. Universitet tuzilmasidagi Markaz, bo‘limlar va fakultetlar bilan tanishib chiqildi va ular bilan aloqalar o‘rnatildi.
  2. Bo‘limlar va fakultetlardan ma’lumotlar olish mehanizimi yo‘lga qo‘yildi.
  3. Universitetning xalqaro QS, THE reytinglardagi o‘rnini tahlil qilish universitet haqida bir qancha ma’lumotlar taqdim etildi.
  4. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish uchun Germaniya, Malta, Qozog’iston, Turkiya, Iordaniya, Gruziya davlatlaridan xalqaro ekspertlar Andijon Davlat Universitetiga jalb qilindi.