Video Qo'llanma
2025/2026 o'quv yili uchun abituriyentlarni ro'yxatga olish
Huquqiy asos
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida" 2024 yil 24 maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq
"Avval test, so'ng tanlov"
2024/2025 o'quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta'lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo'yicha imtihonlar yangi tamoyil asosida bir vaqtda o'tkaziladi
1Tanlov tartibi
Dastlab bakalavriatga
Abituriyentlar test sinovi natijasida to'plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga tanlovda ishtirok etadi
Song professional ta'limga
Keyinchalik professional ta'lim muassasalariga (kollej va texnikum) o'qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud
Kirish imtihonlari muddati
O'qishga qabul qilish bo'yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o'tkaziladi.
Qabul jarayoni bosqichlari
Davlat oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi
Birinchi bosqich
Ro'yxatdan o'tish davri: 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham)
Abituriyentlar test sinovi topshirish uchun ro'yxatdan o'tadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
AFaqat test sinovida ishtirok etsa:
- Fanlar majmuasi
- Ta'lim tili
- Test topshirish hududi
BAlohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlarida o'qish istagini bildirsa (kasbiy/ijodiy imtihon):
- Ta'lim tili
- Test topshirish hududi
- Alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishi
- Kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat oliy ta'lim muassasasi
Ikkinchi bosqich
Test sinovlari yakunlanganidan so'ng 15 kun davomida
Abituriyentlar test sinovlari to'liq yakunlanganidan so'ng quyidagilarni tanlaydi:
Oliy ta'lim muassasasi
Universitet yoki institutni tanlash
Bakalavriat ta'lim yo'nalishi
Mutaxassislik yo'nalishini tanlash
Ta'lim shakli
Kunduzgi, kechki yoki sirtqi
Tanlov ustuvorligi
Afzallik tartibini belgilash
Natijalarni e'lon qilish
Test sinovi natijalari
Abituriyentning test sinovida to'plagan ballari test sinovi o'tkazilgan kunning ertasiga Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Talabalikka tavsiya natijalari
Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo'yicha tanlov natijasi qabul jarayonining ikkinchi bosqichi to'liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
🏫Kollej va Texnikumlar
Professional ta'lim muassasalariga qabul
Kollej va texnikumlarda o'qish istagini bildirgan Abituriyentlar "avval test, so'ng tanlov" tamoyiliga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e'lon qilinganidan so'ng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
Muassasa
Kollej va (yoki) texnikum
Yo'nalish
Kasb va mutaxassislik
Shakl
Ta'lim shakli
Yakuniy natijalar
Kollej va texnikumlar uchun yakuniy tanlov natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
