Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Emblem background

Muydinov Tursunboy Fazliddin o‘g‘li

Bo'lim boshlig'i

Telefon:

(74) 223-83-58

Email:

tursunboy_muydinov@mail.ru

Qabul kunlari:

Chorshanba, Juma kunlari soat 16:00 dan 18:00 gacha

Muydinov Tursunboy Fazliddin o‘g‘li

Bo'lim haqida

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining missiyasi – universitet talaba-yoshlarining ma’naviy, intellektual va jismoniy kamolotini ta’minlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ijtimoiy mas’uliyatli, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxslar sifatida shakllantirishdan iboratdir. Bo‘lim faoliyati yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy immunitetini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzi va fuqarolik madaniyatini shakllantirish orqali universitetda barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan.

bo‘limining asosiy vazifalari:

Mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish
Talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish
Diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish
Yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish
Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
Talaba qizlarni kasb-hunar egallashga va yetakchilik faoliyatiga jalb etish
Ma’naviyat va ma’rifat markazlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish