Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli 'Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida'gi Qonun bilan tasdiqlangan.
Madhiyaning matni
Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylarr — jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Oltin bu vodiylar — jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Mualliflar: Mutal Burxonov (musiqa), Abdulla Oripov (she'r)
