Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Kimyo va biologiya fanlar fakulteti

Emblem background

Otaxonov Qobuljon Qaxramonovich

kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent

Telefon:

+998 93 426 36 00

Email:

kimo_iyut@umail.uz

Otaxonov Qobuljon Qaxramonovich

Dekan o'rinbosarlari

Emblem background

To‘lakov Nurillo Qosimovich

kimyo fanlari doktori (DSc), dotsent

Telefon:

+998979928102

Email:

konferensiya11@mail.ru

To‘lakov Nurillo Qosimovich

Kafedralar

Fakultet haqida

Kimyo va biologiya fakulteti uzoq yillik tarixga ega. U 1931 yildayoq Farg‘ona pedagogika institutining Andijon kechki bo‘limi tarkibida shakllangan va kimyo-biologiya fakulteti deb yuritilgan.

1931 yilda fakultet kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi guruhni qabul qilgan. 1931-1932 o‘quv yilida rus va o‘zbek tillarida o‘qitish uchun talabalar qabul qilinadi. O‘zbek tilidagi guruh Eski shaharda Anisiy ko‘chasidagi o‘quv binosida, rus tilidagi guruhlarga esa Yangi shaharda o‘quv binolarida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. 1934 yilda fakultetni kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi o‘qituvchilar bitirib chiqishgan. 25 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirilgan. Ular orasida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi A.X.Muzaffarov, respublikada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchilar Ye.P.Myasnisyan va A.Makeyevalar bor edi.

1930 yillarda fakultetda S.V.Averinsev, S.N.Deynekeva, A.M.Muhammadiyev, Axmadulin, G.Sh.Ilyosov, Shtepker, Shvarsbuxlar ishlagan.

1936 yilda kimyo-biologiya fakulteti negizida geografiya va biologiya bo‘limi ochiladi.

1939-1957 yillar mobaynida faoliyat yuritgan tabiatshunoslik fakulteti 1958 yildan boshlab biologiya fakulteti deb yuritila boshlanadi.

1939 yilda tabiatshunoslik va geografiya fanlari fakultetining geografiya bo‘limi ochilgan. Bu yerda professor N.I.Lonov faoliyat yuritadi. 1939 yilning sentyabr oyidan boshlab biologiya fanlari nomzodi S.Sahobiddinov tabiiy fanlar kafedrasini boshqaradi. U uzoq vaqt davomida institutdagi yagona dotsent hisoblangan.

1939 yilda tabiatshunoslik va geografiya fakultetining geografiya bo‘limiga o‘zbek tili bo‘yicha ikkita guruhga, rus tili bo‘yicha bitta guruhga talabalar qabul qilinadi.

1940 yilda biologiya bo‘limini 12 nafar talaba bitirgan, ular orasida R.M.Qaziyev, N.K.Chekusheva, shahar partiya qo‘mitasining kotibi bo‘lib ishlagan Oysha Yoqubovalar bor edi.

Urush yillarida fakultetda bu yerga ko‘chirilgan biologiya fanlari doktori, professor A.V.Anuchin, kimyo fanlari doktori, professor P.Z.Fisher, mahalliy kadrlardan S.Sahobiddinov, K.T.Oxotnikov, N.M.Avezov, Sodiqov, I.Sotiboev, I.Chekusheva, A.Samatov, T.Abdullayevlar dars bergan.

1960 yildan 1967 yilgacha yana tabiatshunoslik fakulteti deb yuritilib, bu yerda biologiya va kimyo, biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, biologiya va geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan.

1968 yildan boshlab u biologiya fakulteti deb atala boshladi va bu yerda biologiya va kimyo (kunduzgi), geografiya (sirtqi), biologiya mutaxassisligi qo‘shilgan holdagi kimyo (kunduzgi), biologiya (sirtqi) o‘qituvchilari tayyorlangan.

1970-1975 yillarda biologiya fakulteti deb nomlanib, b.f.n., dots. M.Ibragimov, 1976-1985 yillarda b.f.n., dots. I.Badalxo‘jaev, 1981-1989 yillarda b.f.n., dots. S.X.Xoliqov boshqargan.

1992 yilda Andijon davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, biologiya fakulteti Andijon davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti deb nomlangan va bu fakultetga k.f.d., prof. I.R.Asqarov dekanlik qilgan, 1993 yili fakultet tarkibida kimyo va biologiya fakultetlari tashkil qilindi. 1993-2000 yillarda Kimyo fakultetiga k.f.n., dots. T.Yu.Nasriddinov, biologiya fakultetiga b.f.d., prof. T.A.Madumarov dekanlik qilgan. Biologiya fakultetiga 2001-2002 yillarda b.f.n., dots. A.Dadamirzaev 2003-2004 yillarda dots. U.Hafizov, 2004-2005 yillarda b.f.n., dotsent G‘.N.Jo‘raqulov, kimyo fakultetiga esa 2000-2004 yillarda k.f.n., dots. M.J.Xojimatov, 2004-2005 yillarda k.f.n., dotsent Sh.Isroilov dekanlik qilgan. 2005 yildan kimyo, biologiya, geografiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishlari  qo‘shilib, kimyo-biologiya fakulteti tashkil qilingan. 2011-yildan fakultet Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti deb nomlangan.

2015-yildan Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi. 2017- yildan 2025-yilga qadar fakultetni k.f.d., prof. N.X.To‘xtaboyev boshqarib keldi. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab fakultet Kimyo va biologiya fakulteti deb nomlana boshlandi. Xozirda fakultetni dotsent Q.Q.Otaxonov boshqarib kelmoqda.

 

FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO‘NALISHLARI:

1. 6053000-Kimyo

2. 60510100-Biologiya

3. 60520200-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi  

4. 60710700- Biotexnologiya: Oziq-ovqat, ozuqa va kimyoviy mahsulotlar

5. 60720700- Oziq-ovqat texnologiyasi

         FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

  1. 7053010: Kimyo
  2. 70510101: Biologiya
  3. 70510103: Biofizika va biokimyo
  4. 70520201: Atrof-muhit muhofazasi
  5. 70520202: Ekologiya
  6. 70710201: Biotexnologiya

 

Fakultetda 23 nafar fan doktori professorlar, 35 nafar fan nomzodi, (PhD) dotsentlar, 31 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib borishmoqda. Fakultetda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 65 foizni tashkil etadi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Tyutorlar

  • Jo’raboyev Nodirbek Qurbonaliyevich
    Tyutor

    Jo’raboyev Nodirbek Qurbonaliyevich

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+998337887174
    Emailnodirbekjoraboyev@gmail.com
  • Abdishayidova Mavjuda Nurqadamovna
    Tyutor

    Abdishayidova Mavjuda Nurqadamovna

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+998903833325
    Emailabdishayidovamavjudahon@gmail.com
  • Parpiyev Sarvarbek Soyibjonovich
    Tyutor

    Parpiyev Sarvarbek Soyibjonovich

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+99814802775
    Emailsarvarbeksoyibjonovich@gmail.com
  • Qosimova Irodaxon Unvonovna
    Tyutor

    Qosimova Irodaxon Unvonovna

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+99834453663
    Emailkasimovairoda25@gmail.com
  • Badalxo’jayeva Muxabbat Ismatullayevna
    Tyutor

    Badalxo’jayeva Muxabbat Ismatullayevna

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+998979950865
    Emailmuxabbatxonbadaljodjayeva@gmail.com
  • Jaxongirov Shodmonbek Xasanboy o’g’li
    Tyutor

    Jaxongirov Shodmonbek Xasanboy o’g’li

    Aloqa ma'lumotlari

    Telefon+998902569193
    Emailshodmonbekjaxongirov@gmail.com