Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Tabiiy birikmalar va oziq-ovqat kimyosi

Emblem background

Abdulloyev Obidjon Shaxabidinovich

Kafedra mudiri

Telefon:

+998 93 786 87 30

Email:

obidjon1987@adu.uz

Abdulloyev Obidjon Shaxabidinovich

Kafedra haqida

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo” kafedrasida 2017-2018 o’quv yilidan 5321000 - “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi tashkil etildi. Mazkur ta’lim yo’nalishida 2017-2022 yillar mobaynida 180 ta talaba tahsil olishdi. Ta’lim yo’nalishi bo’yicha muxandis-texnologlar tayyorlashda tayanch kafedraga extiyoj sezilganligi sababli, 2023 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor I.R.Asqarov tashabbusi, dotsentlar N.X.To’xtaboev, Q.Q.Otaxonovlar sayi-harakatlari bilan xamda Andijon davlat universiteti rektorori A.S.Yuldashevning tegishli buyrug’iga asosan “Kimyo” kafedrasi negizida muxandis-texnolog mutaxasisslarini yetishtiruvchi “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga texnika fanlari doktori Yulchiyev Aslbek Baxtiyorbekovich mudir etib tayinlandi. 2024 yili mazkur kafedraning nomi “Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya” kafedrasi etib qayta nomlandi. Mazkur vaqt mobaynida kafedrada 1 nafar fan doktori, 2 nafar falsafa doktori yetishib chiqdi. 2025 yili universitet rektori B.B.Akbaraliyev buyrug‘i bilan kafedra nomi “Tabiiy birikmalar va oziq-ovqat kimyosi” kafedrasi etib qayta nomlandi va kimyo fanlari doktori, professor Obidjon Shaxabidinovich Abdulloyev mudir etib tayinlandi. Hozirda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borib, shundan 3 nafar fan doktori, 5 nafar falsafa doktori, 3 nafar professor, 5 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda kafedra ilmiy salohiyati 61,5 % ni, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi 40.6 yoshni, ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilarni o‘rtacha yoshi esa 42.1 yoshni tashkil etadi. Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2025-2027 yillarda Tabiiy birikmalar va oziq-ovqat kimyosi kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish va yoshartirish istiqbolli rejasi mavjud. 2027 yilga qadar 2 ta fan doktori va 3 ta falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan. Kafedrada bugungi kunda professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va monografiyalar chop etilgan bo‘lib, universitetning axborot resurs markazi va uning negizida tashkil etilgan kafedra kutubxonasi ilmiy-texnikaviy va uslubiy manbalarini boyitish uchun xizmat qilmoqda. Tabiiy birikmalar va oziq-ovqat kimyosi kafedrasida 2025-2026 o‘quv yilida jami 20 dan ortiq fan bo‘lib, Oziq-ovqat texnologiyasi va Kimyo ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi, kechki ta’lim shaklida taxsil olayotgan talabalarga dars beriladi. Bundan tashqari kafedra professr-o‘qituvchilari tomonidan kunduzgi va kechki ta’lim shakllaridagi Kimyo, Biotexnologiya mutaxassisligi magistratura talabalariga ham nazariy hamda amaliy bilimlar ebrib kelinmoqda. Tabiiy birikmalar va oziq-ovqat kimyosi kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh texnolog” ilmiy-innovatsion to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 20 ga yaqin a’zolari bir qancha yo‘nalishlarida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishmoqda. Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishida jami 105 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatorida 25 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan xorijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra bugungi kunda Toshkent kimyo texnologiya instituti, Andijon davlat texnika instituti, Farg’ona davlat texnika universiteti, Namangan muhandislik texnologiya instituti, TKTI Shahrisabz filiali, TKTI Yangiyer filiali, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalari o’rtasida integrallashuvni hamda bitiruvchi talabalarning dual ta’lim shaklini ta’minlash maqsadida Qo‘rg‘ontepa tumani “Khantex Oil” MCHJ, Xo’jabod tumani “Fayz-M halol un va yog’lari” MCHJ, Shahrixon tumani “Rohatijon shodiyona” MCHJ, “Shaxrixonsut” MCHJ, “Express Milk” MCHJ, Baliqchi tuman “Grant sifat-savdo” MCHJ, Xonobod shahar “Water Life Mineral” MCHJ ishlab chiqarish korxonalari, Andijon viloyati Sanitariya epidemiologik osoyishtalik jamoat salomatligi boshqarmasi, Asaka, Marhamat, Jalaquduq, Baliqchi tuman bo‘limlari bilan hamkorlik hamda xo‘jalik shartnomalari tuzilgan. Mazkur korxona va tashkilotlarda 3- va 4-kurs talabalarining dual ta’lim mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasida kafedraning ko‘p sonli bitiruvchilari viloyatning turli ishlab chiqarish korxonalarida muxandis-texnolog lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

BAKALAVRIAT

  • 60530100 - Kimyo ta’lim yo’nalishi
  • 60720100 - Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo’nalishi
  • 60520200 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi
  • 60710200 - Biotexnologiya: Oziq-ovqat, ozuqa va kimyoviy mahsulotlar ta’lim yo‘nalishi

MAGISTRATURA

  • 70530101 - Kimyo mutaxassisligi
  • 70710201 - Biotexnologiya mutaxassisligi

Kafedra tarkibi

  • Yuldashev Shuhratbek Sherzodbek o’g’li
    Katta o'qtuvchi

    Yuldashev Shuhratbek Sherzodbek o’g’li

  • Yo`lchiyeva Ma`mura Anvarjan
    O'qtuvchi

    Yo`lchiyeva Ma`mura Anvarjan

  • Yo’lchiyev Aslbek Baxtiyarbekovich
    Professor o'qituvchi

    Yo’lchiyev Aslbek Baxtiyarbekovich

  • Xasanova Diloromxon To`ychievna
    Professor o'qituvchi

    Xasanova Diloromxon To`ychievna

  • Turaxonov Shoxrux Odiljonovich
    Dotsent

    Turaxonov Shoxrux Odiljonovich

  • Yo`lchiyeva Nafizaxon Tajidinovna
    Dotsent

    Yo`lchiyeva Nafizaxon Tajidinovna

  • Xabibullayev Jamshidbek Asatillo o’g’li
    Dotsent

    Xabibullayev Jamshidbek Asatillo o’g’li

  • Abduraimov Zuxritdin Xolboyevich
    Dotsent

    Abduraimov Zuxritdin Xolboyevich

  • Madraximov Gʻayratjon  Nematjonovich
    Dotsent

    Madraximov Gʻayratjon Nematjonovich

  • Rozimamatova Gulmira Sulaymanjanovna
    Katta o'qtuvchi

    Rozimamatova Gulmira Sulaymanjanovna

  • Nasriddinova Feruza Tuxtasinovna
    Katta o'qtuvchi

    Nasriddinova Feruza Tuxtasinovna

  • Djamolov Kamronbek Shuxratbek o’g’li
    Katta o'qtuvchi

    Djamolov Kamronbek Shuxratbek o’g’li