Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan
bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan
o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish.
Professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar,ish, o‘qish intizomini
universitet ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni
rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash
to‘g‘risida taklif kiritish.
Universitet shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda
muvo-fiqlashtirish.
Kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa
qilish.
Bakalavriatura, magistratura va aspirantura bitiruvchilarini
universitetda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish.
Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish
jildini, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni
nazorat etish.
Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar,
ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatini
uzaytirilishini nazoratga olish.
Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarni va ilovalarni o‘z vaqtida
to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish.
Mehnat daftarchasi yuritish va ularni hisobini to‘g‘ri olib borish.
Xarbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, chaqiruv yoshdagi o‘smirlarning
hisobini olib borish.
Nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdmnoma
va xujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya
tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat
qilish.
Universitetdagi barcha toifali o‘qituvchi va xodimlarning
belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;
Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash
bo‘limiga kvotali joylar xaqida va ishchilar tarkibi xaqida ma’lumot
berish.
Mehnat shartnomasini yozma ravishda 2 nusxada tuzishni nazorat
qilish.
Xorijga safarbarlik va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarni
o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.