Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Yashil universitet haqida

"YASHIL UNIVERSITET" haqida ma'lumot

Andijon davlat universiteti barqaror rivojlanish strategiyasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan "Yashil universitet" bo'linmasi tashkil etilmoqda, uning maqsadi nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki talabalar va xodimlar uchun sog'lom va qulay yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.

Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi mudiri T. Madumarov rahbarligida kafedra o'qituvchilari ushbu bo'linma doirasida quyidagi maqsad va vazifalarni belgiladilar:

  • Universitet hududida yashil maydonlarni kengaytirish, bog'lar, xiyobonlar va dam olish zonalari yaratish.
  • Havo sifatini yaxshilash, shahar atmosferasini tozalash va mikroiqlimni optimallashtirish.
  • Talabalar va universitet xodimlarining tabiat bilan muloqotini rivojlantirish, stressni kamaytirishga yordam berish.
  • Ekologik madaniyatni rivojlantirish, tabiatga hurmatni oshirish.

Bo'linma faoliyati doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

  • Ko'chat ekish va ularga qarash: universitet hududida har yili daraxt ekish aksiyalari, yosh daraxtlarga muntazam g'amxo'rlik qilish.
  • Yashil hududlarni saqlash va rivojlantirish: mavjud bog'lar, xiyobonlar va yashil maydonlar holatini doimiy nazorat qilish, ularning ekologik holatini yaxshilash.
  • Ekologik tadbirlar va ma'rifiy ish: talabalar va xodimlar orasida seminarlar, master-klasslar va targ'ibot aksiyalarini tashkil etish orqali ekologik ongni oshirish.
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha innovatsion tashabbuslar: barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq energiya tejamkorligini oshirish va chiqindilar miqdorini kamaytirish bo'yicha yangi texnologiyalarni joriy etish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Universitet hududida sog'lom va qulay muhit yaratish.
  • Talabalar va xodimlarning ekologik ong va mas'uliyatini oshirish.
  • Andijon shahri va mintaqada ekologik holatni yaxshilash.