
Ahmedov Jahongir Ilhamovich
Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi direktori
Telefon:
+998 74 223 88 30
Email:
ahmedovjahongir@adu.uz

Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi
Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi to‘g‘risida
Ma’lumot
Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi Andijon tuman, Yangi to‘lqin M.F.Y, Yotti o‘g‘il ko‘chasi 3-uyda joylashgan.
Texnikum 2005-yil to‘liq qurib bitkazilgan. Shu yil sentyabr oyida Iqtisodiyot kolleji bo‘lib ish faoliyatini boshlagan. 2015-yildan Iqtisodiyot va transport kolleji nomiga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi farmoniga asosan “Mashinasozlik instituti” qo‘shidagi Andijon mashinasozlik texnikumi bo‘lib ish boshlagan. 2023-yil Andijon mashinasozlik texnikumi ish faoliyatini yakunladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795-sonli farmoniga ko‘ra 2023-yil Andijon axborot texnologiyalar texnikumi bo‘lib ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-158-sonli farmoniga ko‘ra 2025-yil Andijon raqamli texnologiyalar texnikumi tashkil qilindi. Texnikum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkazildi va o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash vazifalari Andijon Davlat Universitetiga biriktirilgan.
Binolar va quvvat
Texnikum o‘quv binosi 900 o‘rinli bo‘lib 36 ta o‘quv va yordamchi xonalardan iborat. Faollar zali va sport zali mavjud.
Mutaxassisliklar
- 30610202 — Kompyuter tizimlarida dasturlash
- 30610102 — Kompyuter grafikasi va dizayn operatori
- 30610602 — Teleradioeshittirishga xizmat ko‘rsatish elektromontyori
- 30610401 — Axborot vositalari mashinalari va Kompyuter tarmoqlari
- 30720417 — Tikuvchi (dual)
- 50610401 — Kompyuter injinering
- 50610601 — Telekomunikatsiya texnologiyalar
- 50610202 — Aqilli uy loyihalash dasturchisi
O‘quvchilar soni
Jami: 269 nafar.
