Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Emblem background

XASANOV ILYOSBEK IBROXIMJONOVICH

Telefon:

+998 91 606-22-66

Email:

ird@adu.uz

XASANOV ILYOSBEK IBROXIMJONOVICH

Bo'lim haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limi Andijon davlat universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, universitet Kengashi qarorlari hamda Ustaviga va universitet rektori buyruqlariga amal qiladi. Bo’limning maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda Andijon davlat universitetini obroʻsini mustahkamlashdan iborat. Xalqaro hamkorlik bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Bo‘limining asosiy vazifalari

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar, memorandumlar, kelishuvlar imzolanishini ta’minlash.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida xorijiy oliy o‘quv yurtlari, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar va assotsiatsiyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, jumladan, xalqaro sheriklik munosabatlarini o‘rnatish hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, kelishuvlar bajarilishini hamda Andijon davlat universiteti vakillarining hamkor tashkilotlar tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash va monitoring qilish.
Andijon davlat universiteti fakultetlari va tarkibiy bo‘linmalarining xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko’maklashish.
Xorijiy hamkor universitetlar bilan akademik almashinuvni amalga oshilishini ta’minlash.
Xalqaro faoliyatni axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va Andijon davlat universitetining xalqaro tarmoq tashkilotlarida, oliy ta’lim sohasidagi dastur va loyihalarda institutsional ishtirokini ta’minlash.
Universitetga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolar, jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilar, talabalar, ilmiy tadqiqotchilarga viza ko‘magini ko‘rsatish.
Xalqaro ta’lim forumlari, kongresslar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etgan holda universitet uchun manfaatli kelishuvlarga erishish.
Xalqaro tadbirlar tashkil etish hamda xorijiy delegatsiyalarini kutib olish, hamroxlik qilish va kuzatish bo ‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.