Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Ekologiya va barqaror rivojlanish

Emblem background

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

Kafedra Mudiri

Telefon:

+998 93 788 96 55

Email:

madumarov_tolibjon@adu.uz

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

Kafedra haqida

Ekologiya va botanika kafedrasining tarixi 1931 yildan boshlanadi. U dastlab “Andijon davlat o‘qituvchi-pedagog kadrlar tayyorlash instituti” huzuridagi Tabiiy geografiya fakulteti negizida shakllangan bo‘lib, o‘sha davrda faoliyat yuritgan tajribali pedagoglar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda muhim tarixiy rol o‘ynaganlar. 1963 yilda institutning “Pedagogika instituti”ga aylantirilishi munosabati bilan “Botanika” kafedrasi tuzildi va barcha tabiiy fanlar aynan ushbu bo‘lim tarkibida birlashtirildi. Shu bois Botanika kafedrasi universitetning eng qadimiy va ilmiy an’anaga boy bo‘limlaridan biri sifatida tanilgan. Mazkur yillarda kafedrada biologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomiddin Sattiboev hamda dotsent Odiljon Jalolov kabi fidoiy olimlar yetishib chiqdi. O‘tgan yillar davomida kafedraga turli davrlarda quyidagi olimlar rahbarlik qilganlar:S.Xoliqov (1975–1986; 1991–1999), O.Jalolov (1986–1988), A.Dariyev (1988–1991), K. Tojiboyev (1999–2002), T.Madumarov (2002–2006; 2008–2010), N.Noraliyeva (2006–2008; 2018–2024), D.To‘ychieva (2010–2011), A.Sh.Mamatyusupov (2011–2012), E.Ro‘zmatov (2012–2015), A.A.Imirsinova (2015–2017). 2025 yil 30 iyun kuni Universitet kengashining qaroriga muvofiq Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo-biologiya” fakulteti etib qayta nomlandi, Botanika va ekologiya kafedrasi esa hozirgi “Ekologiya va barqaror rivojlanish” kafedrasi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2025 yil avgust oyidan beri kafedraga biologiya fanlari doktori, professor Madumarov Tolibjon Abdumalikovich rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, yana 2 nafar tajribali mutaxassis ichki o‘rindosh sifatida jalb etilgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 58 %, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi esa 44 yoshni tashkil etadi. Kafedrada 3 nafar professor, 7 nafar dotsentlar talabalarga mutaxassislik fanlari bo‘yicha chuqur bilim berib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Ulug‘bek nomidagi va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari yetishtirilgan. Ekologiya fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarida kafedra talabalarining faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgani kafedraning yuqori salohiyatidan dalolat beradi. Kafedra faoliyatida alohida faxr bilan tilga olinadigan jihatlardan biri – biologiya fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori O‘ktam Pratov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Gerbariy markazi”dir. Markazda O‘zbekiston va Farg‘ona vodiysi florasiga oid 2000 dan ortiq o‘simlik namunasi saqlanadi. Bu noyob fond talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun muhim ilmiy-amaliy baza hisoblanadi. 2025-yildan boshlab Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasi huzurida “Tibbiy zuluklarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz” faoliyat ko‘rsatmoqda. Markazning asosiy maqsadi – tibbiy zuluklarni laboratoriya sharoitida yetishtirish, ularning biologik va molekulyar xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda girudoterapiya uchun yuqori sifatli biomaterial tayyorlashdir. Markazda tibbiy zuluklar maxsus sharoitda parvarishlanib, yashovchanligi yuqori bo‘lgan steril individlar saralanadi. Nasl berish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan populyatsiyalar shakllantiriladi hamda ular tibbiyot muassasalariga yetkazib berilib, girudoterapiya yo‘nalishida tijoratlashtirish mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan. Markaz tarkibida shuningdek “Molekulyar biologiya” laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Laboratoriya zamonaviy yuqori aniqlikdagi ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda o‘simliklar va hayvonlarning genetik materialini molekulyar darajada o‘rganish imkoniyati mavjud. Ushbu markaz kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, talabalar, magistrantlar va doktorantlar uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq qilishda muhim ilmiy baza vazifasini bajaradi. Talabalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Kafedra kutubxonasi” va “Elektron kutubxona” tashkil etilgan bo‘lib, ular orqali 100 ga yaqin ilmiy adabiyotlar hamda 300 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

BAKALAVRIAT

  • 60520200-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

MAGISTRATURA

  • 70520202 – Ekologiya
  • 70520201 - Atrof-muhit muhofazasi

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT

  • Ekologiya va barqaror rivojlanish kafedrasining ilmiy faoliyati Farg‘ona vodiysi ekotizimlarini chuqur o‘rganish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va hududning ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Kafedra olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar o‘simliklar va hayvonot dunyosining xilma-xilligini saqlab qolish, istiqbolli o‘simlik turlarini introduksiya qilish, shuningdek ekologik muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Ushbu yo‘nalishlar doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar tomonidan fundamental va amaliy ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, innovatsion ishlanmalar muntazam olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy ishlari nafaqat nazariy yutuqlarni, balki hudud ekologik muammolari bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari ilmiy jurnallarda chop etilib, xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda taqdim etilmoqda. Kafedra bugungi kunda ekologik xavfsizlik, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, o‘simlik turlarini moslashtirish va barqaror rivojlanish bo‘yicha yetakchi ilmiy maktablardan biri sifatida shakllanib bormoqda. Farg‘ona vodiysida biologik xilma-xillikni saqlab qolishning dolzarb muammolari. Bu yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan grant loyihalari, PhD va DSc dissertatsiyalari hamda magistrlik ishlari doirasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning barqarorligini ta’minlash va biologik xilma-xillikning kamayishi bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan. Bugungi kungacha 10 ga yaqin magistrlik dissertatsiyasi, 4 ta PhD, 1 ta DSc dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. Hozirda kafedraning 5 nafar doktoranti va 4 nafar magistranti mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda. Istiqbolli o‘simlik turlarini introduksiya qilish va ularning anatomik-morfologik moslashuvchanligini tadqiq etish. Bu yo‘nalish foydali, dorivor va dekorativ o‘simlik turlarini yangi sharoitga moslashtirish, ularning bioekologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish va region florasini boyitishga qaratilgan. Tadqiqotlar davomida o‘simliklarning fiziologik holati, tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchanligi hamda ekologik ahamiyati aniqlanadi. Ayni paytda quyidagi ilmiy mavzular bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda: Euodia turlarining Andijon viloyatidagi bioekologiyasi va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati; Maymunjon o‘simligining yangi navlarini Farg‘ona vodiysi sharoitida introduksiya qilish. Ekologik va barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari. Bu yo‘nalish ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlarni qamrab oladi. Farg‘ona vodiysi uchun xos bo‘lgan ekologik muammolar ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqiladi. Asosiy tadqiqot mavzulari: atmosfera havosining ifloslanishi, chuchuk suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi, makroplastik va mikroplastiklarning suv havzalariga ta’siri, tuproq degradatsiyasi va eroziya, cho‘llanish va qurg‘oqchilik, iqlim o‘zgarishi oqibatlari. Mazkur izlanishlar hudud ekologik barqarorligini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Madumarov T.A., Ruzmatov E.Yu. Farg‘ona vodiysi sharoitidagi Acanthophyllum albidum Schischk. ni morfologik-anatomik o‘rganish. (Monografiya).
  • Mamadumarov T.A., Ro‘zmatov E.Yu. Farg‘ona vodiysining ayrim xom-ashyobop o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari. (Monografiya).
  • Mamadumarov T.A., Ro‘zmatov E.Yu. Xmel o‘simligining bioekologik xususiyatlari. (Monografiya).
  • Dariyev A.S., Sirojiddinov B.A., Ruzmatov E.Yu. Na’matak (Rosa L.): morfologiyasi, anatomiyasi, ekologiyasi. (Monografiya).
  • Ro‘zmatov E.Yu. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Farg‘ona vodiysida tarqalgan A. albidum Schischk. o‘simligining morfologik va anatomik tuzilishi. (Monografiya).
  • Ruzmatov E.Y., Tukhtaboeva F.M., Tuychieva D.S. Morpho-anatomical structure of leaves, bracts: Stem and roots of some species of the genus Acanthophyllum S.A. Meu is common in different conditions. (Monografiya).
  • Ibroximova G.A., Naraliyeva N.M. Farg‘ona vodiysi shimoliy hududi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasi. (Monografiya).
  • Mamasoliev S.T., Tojiboev Sh.J. Andijon shahri tuproq suvo‘tlari. (Monografiya).
  • Sidiqjanov N.M. Andijon shahri urbanoflorasining zamonaviy holati va ekologiyasi. (Monografiya).
  • Pratov O‘., Madumarov T.A., Naraliyeva N.M. O‘zbekistonning noyob o‘simliklari: “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar haqida ma’lumotlar.
  • Baxramov R.M. Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L) ni bioekologiyasi va ko`chatlarining yetishtirish texnologiyasi. (Monografiya).
  • Solijonov X.X. Farg‘ona vodiysi zuluklarining bioxilma-xilligi va ekologiyasi. (Monografiya).
  • Umarov F. Farg‘ona vodiysi qorinoyoqli mollyuskalari (Mollusca: Gastropoda) ekologiyasi. (Monografiya).

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

  • Agroekologiya
  • Atmosfera ekologiyasi
  • Atmosfera va uni muhofaza qilish
  • Atrof muhit fani prinsiplari
  • Barqaror rivojlanish asoslari
  • Bioekologiya
  • Biogeografiya
  • Biologik preparat olish biotexnologiyasi
  • Biologik resurslardan oqilona foydalanish
  • Biologik xilma-xillik va uni muhofazasi
  • Bioresurslardan oqilona foydalanish
  • Botanika
  • Botanikaning zamonaviy tadqiqot usullari
  • Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari
  • Dendrologiya
  • Dorivor o‘simliklar
  • Ekologik boshqaruv
  • Ekologik menejment va audit
  • Ekologik modellashtirish
  • Ekologik siyosat
  • Ekologik taʼlim va tarbiya asoslari
  • Ekologik xavflar
  • Ekologiya
  • Ekologiya asoslari
  • Ekologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari
  • Ekologik boshqaruv
  • Ekomonitoring va ekoekspertiza
  • Ekosistemalar ekologiyasi
  • Ekoturizm
  • Garbologiya va ekotoksikologiya
  • Gen muxandisligi
  • Genetika va genomika asoslari
  • Geoaxborot tizimlari
  • Gidrosfera va uni muhofaza qilish
  • Gidrobiontlar ekologiyasi
  • Global iqlim o‘zgarishi
  • Hozirgi zamonning ekologik muammolari
  • Ijtimoiy ekologiya
  • Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
  • Inson ekologiyasi
  • Iqlim oʻzgarishi va ekologik moslashuv
  • Litosfera va uni muhofaza qilish
  • Markaziy Osiyo landshaft ekologiyasi
  • Masofadan ob'ektlarni o'rganish
  • Maxsus fan
  • Maxsus fanlar o’qitish metodikasi
  • Mintaqalar ekologiyasi
  • Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
  • Manzarali o‘simliklar
  • Oʻsimlik va hayvonot dunyosi kadastrini yuritish tartibi
  • Oʻsimliklar ekofiziologiyasi
  • O‘simliklar ekologik anatomiyasi
  • Oʻsimliklar introduksiyasi
  • O‘zbekistonning foydali o‘simliklari
  • Shahar va sanoat ekologiyasi
  • Suv oʻtlari ekologiyasi
  • Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muqobil energetika
  • Transport vositalari va atrof muhit
  • Tuproq va agroekologiya
  • Umumiy biologiya
  • Zamburugʻlar ekologiyasi
  • Atrof muhit monitoring va analitik tahlil usullari
  • Atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlari
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va GAT texnologiyalari

Kafedra tarkibi

  • Umarov Farrux Ulugbekovich
    Dotsent

    Umarov Farrux Ulugbekovich

  • Solijonov Xayrulla Xabibulla o‘g‘li
    Dotsent

    Solijonov Xayrulla Xabibulla o‘g‘li

  • Sidiqjanov Nodirbek Maxmud o‘g‘li
    Dotsent

    Sidiqjanov Nodirbek Maxmud o‘g‘li

  • Nabiyeva Diloromxon Bahodirovna
    Katta o'qtuvchi

    Nabiyeva Diloromxon Bahodirovna

  • G‘apporov Faxriddin Sharabidinovich
    Katta o'qtuvchi

    G‘apporov Faxriddin Sharabidinovich

  • Abdurazakov Aziz Abdukaxarovich
    Katta o'qtuvchi

    Abdurazakov Aziz Abdukaxarovich

  • Shirinova Oygul Davlatovna
    Katta o'qtuvchi

    Shirinova Oygul Davlatovna

  • Xusanov Saydulloxon Ilyosxon o‘g‘li
    O'qtuvchi

    Xusanov Saydulloxon Ilyosxon o‘g‘li

  • Mamaxanova Jumagul Niyozbekovna
    O'qtuvchi

    Mamaxanova Jumagul Niyozbekovna

  • Usmonov Saloxiddin Xomidjon o‘g‘li
    O'qtuvchi

    Usmonov Saloxiddin Xomidjon o‘g‘li

  • Naralieva Nasibakhan Mamanovna
    Professor o'qituvchi

    Naralieva Nasibakhan Mamanovna

  • Ro`zmatov Ergashali Yuldashevich
    Professor o'qituvchi

    Ro`zmatov Ergashali Yuldashevich

  • Мamasoliyev Sardorbek Tursinovich
    Dotsent

    Мamasoliyev Sardorbek Tursinovich

  • Tursunov Yaxyo Boxodirovich
    Dotsent

    Tursunov Yaxyo Boxodirovich

  • Ibroximova Gulbaxor Abdulfattoyevna
    Dotsent

    Ibroximova Gulbaxor Abdulfattoyevna

  • Dusmatova Gulbaxor Abdurashidovna
    Dotsent

    Dusmatova Gulbaxor Abdurashidovna

  • Baxramov Ruziboy Mirzamaxsudovich
    Dotsent

    Baxramov Ruziboy Mirzamaxsudovich