
G‘apporov Faxriddin Sharabidinovich
Katta o'qtuvchi
Telefon:
+998888300027
Email:
gapporov_faxriddin@adu.uz

ILMIY ISHLAR HAQIDA MA'LUMOT
- 03.00.10 – “Ekologiya” ixtisosligi boʻyicha “Antropogen omillar ta’siri ostida qolgan hududlarning oʻsimliklar xilma-xilligi va zamonaviy holati (Andijon viloyati misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Ushbu dissertatsion izlanishlarda hududning fitobiotasida yuz berayotgan ekologik va floristik oʻzgarishlar, antropogen yuklama ta’siri ostida o‘simlik jamoalarining barqarorligi, invaziv va sinantrop turlar ulushi hamda ularning ekotizimlarga ko‘rsatadigan bosimi chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ilmiy faoliyati davomida 20 ta ilmiy ish nashr ettirilgan bo‘lib, shundan OAK ro‘yxatidagi jurnallarda – 4 ta, xalqaro ilmiy jurnallarda – 4 ta, shuningdek mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda – 12 ta tezis chop etilgan. Mazkur ishlar hududiy ekologik monitoringni takomillashtirish, o‘simlik qoplami dinamikasini baholash va antropogen ta’sirni kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan. Shu bilan birgalikda tadqiqotchi floristik tahlil, geobotanik kuzatuvlar, GIS texnologiyalari asosidagi fazoviy monitoring, o‘simliklar bioekologik xususiyatlarini baholash kabi zamonaviy usullarni amaliyotga tatbiq etib kelmoqda. Olingan natijalar ekologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, hududda biosfera barqarorligini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir ilmiy-metodik yondashuvlarni boyitishga xizmat qilmoqda.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- G‘apporov F.Sh., Tojiboyev K.Sh., Noraliyeva N. O‘rta Osiyo uchun muhim bo‘lgan botanik hududlar haqida (Farg‘ona vodiysi misolida). O‘zMU Xabarlari, 2012, №3, 131–135.
- G‘apporov F.Sh., Naraliyeva N., Isayev A. Andijon viloyatining relyef xususiyatlariga doir tadqiqotlar.
- G‘apporov F.Sh., Jabborxonov T. Climatic modeling of the medicinal species Inula grandis (Asteraceae): favorable ecological zones for conservation and plantation establishment. Central Asian Journal of Medical and Natural Sciences, 2023, Vol. 4, Issue 6, pp. 1561–1567.
- G‘apporov F.Sh., Naraliyeva N. The impact of transboundary rivers on the ecological state of Andijan region (a case study of the Maylisoy River basin). 11th International Conference “ACB-2022: Achievements and Challenges in Biology” (conference proceedings).
- G‘apporov F.Sh., Naraliyeva N. Растительный покров горных и предгорных районов и актуальные экологические проблемы, связанные с его защитой от антропогенного воздействия (на примере Андижанской области). Международная научно-практическая конференция «Инновации и партнерство в устойчивом развитии: биоразнообразие, зеленая экономика и экология», Ош, 23–24 мая 2025 г.
