
Amirxo‘jayev Shukurjon Qurbonovich
Kafedra mudiri
Telefon:
+998 91 485 77 76
Email:
shukurjonamirxojayev484@gmail.com
Kafedra haqida
Bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy barkamolligi, huquqiy ongini yuksaltirish, milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglaydigan, zamonaviy pedagogik va huquqiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. Shu jihatdan “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tomonidan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni ushbu yo‘nalishning mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirgan, yuqori malakali kadrlarni yetishtirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega
Kafedrada 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha talabalar zamonaviy ijtimoiy-gumanitar jarayonlarni anglaydigan, huquqiy madaniyat va ma’naviy dunyoqarashga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlanadi. O‘zbekiston yoshlari orasida ma’naviyatni yuksaltirish, huquqiy madaniyatni oshirish, milliy g‘oya va mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida ta’lim tizimida yangi, ilmiy-metodik jihatdan puxta yondashuvlarni joriy etish zarurati paydo bo‘ldi. Shu maqsadda Andijon davlat universiteti tarkibida ushbu sohalarda ilmiy maktab yaratish, malakali pedagog va mutaxassis kadrlar tayyorlashni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi negizida yangi “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur tashabbus universitet ilmiy kengashi tomonidan ma’qullanib, 2025-yilda rasmiy ravishda “Huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning tashkil etilishi:
• milliy g‘oya va ma’naviyat asoslarining ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘qitilishini ta’minlash;
• huquqiy-demokratik jamiyat qurilishiga xizmat qiladigan pedagog kadrlar salohiyatini kuchaytirish;
• yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash;
• ma’naviy-ma’rifiy siyosatni ilmiy asoslarda o‘qitish va amaliyotga tatbiq etish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Kafedrada hozirda jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari professor, 7 nafari dotsent, 6 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistent o‘qituvchilardir. 2025-yil 2-sentabrdan boshlab kafedra mudiri lavozimida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Amirxo‘jayev Shukurjon Qurbonovich faoliyat olib bormoqda.
BAKALAVRIAT
- 60111100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi (kunduzgi, kechki)
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada fan to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- “Jinoyat huquqi” darslik
- “Mamuriy huquq” darslik
- “Bola huquqlar” darslik
- “Tadbirkorlik huquqi” darslik
- “Oila ma’naviyati” darslik
- “Milliy mafkura” darslik
- “Oila huquqi asoslari ” o‘quv qo‘llanma
- “Ma’naviyatshunoslik” o‘quv qo‘llanma
- “Oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlikni takomillashtirish” o‘quv qo‘llanma
- “Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari” o‘quv qo‘llanma
- “Milliy g’oyaning shakilllantirishda jadidlarning falsafiy-axloqiy qarashlarining tasiri” uslubiy qo‘llanma
- “O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining umumiy qoidalarida jinoyat qonunining tutgan o'rni” monografiya
- Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha dinshunoslikka oid istilohlarning qisqacha lug‘ati qo‘llanma
- “Yangi O‘zbekistonda oilalardagi gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy-madaniy va huquqiy asoslari” monografiya
- “Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi mikrokredit tashlkilotlar faoliyatining huquqiy asoslari” monografiya
- “O`zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyatini rivojlanishida huquq ta’limining roli” monografiya
- “O’zbek oilalarida ijtimoiy-madaniy jarayonlar transformatsiyasi” monografiya
- “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni targʻibot va tashviqot qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyatining oshib borishining ahamiyati” monografiya
- “Jamiyatning mafkuraviy immuniteti shakllanishida ta`lim tizimi va tarbiyaning o‘rni” monografiya
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Konstitutsiyaviy huquq
- Ma’naviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari
- Arxiv huquqi
- Davlat va huquq nazariyasi tarixi
- Dinshunoslik (o’zbek) (rus)
- Ekologiya huquqi
- Ekstremizm vaterrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy marifiy asoslari
- Yangi taxrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish
Magistratura:
- Kasbiy ma’naviyat











