
Maraimova Umida Ismailjanovna
Telefon:
+998 916140053
Email:
oybek_29@bkl.ru

Kafedra haqida
Menejment kafedrasi Andijon davlat universitetining Huquq va iqtisod fakulteti tarkibida faoliyat yurituvchi, iqtisodiyot va boshqaruv tizimining zamonaviy talablari asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi ilmiy-ta’lim bo‘linmalaridan biridir. Kafedra 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘zining salohiyati, ilmiy maktabi va ta’lim dasturlari bilan fakultet hamda universitet taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi.
Kafedraning asosiy maqsadi — bozor iqtisodiyoti, innovatsion rivojlanish, raqamli boshqaruv, inson resurslari, turizm va mehmondoʻstlik kabi sohalar uchun professional, raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Shuningdek, kafedra o‘z faoliyatida zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari, innovatsion ta’lim metodlari, xalqaro tajriba va ilg‘or ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi.
Kafedra tashkil topgan paytdan boshlab quyidagi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ta’lim, metodik va ilmiy izlanishlar olib borib kelmoqda: Kafedrada bakalavriat va magistratura bosqichlarida iqtisodiyot, menejment, turizm va inson resurslarini boshqarish sohalari bo‘yicha o‘quv dasturlari shakllantirilgan. Ushbu dasturlar: xalqaro ta’lim standartlariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy menejment nazariyalari, marketing strategiyalari, innovatsion boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiy tahlil usullariga asoslangan. Talabalar nazariy bilim bilan cheklanmay, real sektordagi korxonalar, mehmonxonalar, turizm tashkilotlari, davlat organlari va xususiy biznes subyektlarida amaliyot o‘tash orqali professional ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
Kafedra tarkibidagi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati yuqori bo‘lib, ular tomonidan: menejmentning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, OAK hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar muntazam chop etilmoqda. Kafedra olimlari tomonidan shakllangan ilmiy maktab regional iqtisodiyot, innovatsion boshqaruv, xizmatlar sohasi marketingi, korxonalarda risklarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda o‘zining ilmiy natijalari bilan yetakchi o‘rin egallab bormoqda.
BAKALAVRIAT
- 60410800-Menejment, (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
- 60411400-Inson resurslarini boshqarish, (kunduzgi, kechki va mosafaviy
- 61010100-Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish
- 61010100-Turizm va mehmondoʻstlik bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar
MAGISTRATURA
- 70410105-Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
- 70410801-Menejment (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
- 71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Kafedra huzurida:PhD ilmiy kengashi,08.00.13 – Menejment ixtisosligidagi ilmiy seminar,Malakaviy imtihon komissiyasi faoliyat olib borib, doktorantlar va izlanuvchilarning ilmiy izlanishlarini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlab keladi. Professors-o‘qituvchilar marketing, korxona boshqaruvi, innovatsion iqtisodiyot, turizm industriyasi, raqamli boshqaruv, strategik menejment kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Turizm marketingi” darsligi
- “Tarmoqlar marketingi” o‘quv qo‘llanmasi
- “Xizmatlar sohasida marketing” o‘quv qo‘llanmasi
- Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston Milliy Universiteti xabarlari, 2022, [1/7] ISSN 2181-7324
- Korxonalar boshqaruvida marketing dasturlaridan foydalanishning yevropa ittifoqi mamlakatlarning kontinentar xususiyatlari. Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi 2024,4 (Maxsus son) ISSN:2181-1865
- Korxonalar boshqaruv jarayonida foydalaniladigan marketish dasturi va ularning guruhlanishi // Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi 9/2-(118)2024, ISSN 2091-573 X.
- Xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qilingan maqolalar
- Practice application of lateral marketing in Uzbekistan // American journal of economics and business management ISSN: 2576-5973 Vol. 3, No. 5, November-December 2020.
- Turizm marketingining rivojlanayotgan tendentsiyalari // Economy and Innovation | 2024 ISS
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Menejment
- Menejmentga kirish
- Tashkiliy hulq
- Sifat menejmenti
- Operatsion menejment
- Inson resusrslarini strategik rejalashtirish
- Xalqaro mehmonxona biznesi
- Mehmonxonalarda xonalar bo`limini boshqarish
- Taym menejmenti
- Turizmda elektron marketing
- Marketing
- Xalqaro marketing
- Turizmda marketing
- Turizm va mehmondoʻstlikda barqaror va maqsadli boshqaruv
- Gastronomik turizm
- Dunyo xalqlari ovqatlanishining xususiyatlari
- Turizm va mehmonxonada marketing
- Turizm geografiyasi
- "Yashil" iqtisodiyot
- Inson resurslarini boshqarish
- Ijtimoiy soha iqtisodiyoti
- Turizm va mehmonxona xoʻjaligida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish
- Biznesga kirish
Magistratura:
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Tarmoqlar marketingi
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
- Menejment tadqiqot usullari
- Taqqoslama menejment
- Tizimli menejment nazariyasi
- Turizm xizmatlar bozori
- Innovatsion menejment
- Ta’lim menejmenti
- Korporativ boshqaruv
- Turizm va mehmonxona faoliyatida marketing
- Turizmda innovatsion faoliyat"
- Turizm xizmatlar bozori
- Xalqaro mehmonxonalar biznesi
- Korporatsiyalarni birlashtirish va qo'shib olish
- Turizm va mehmondo'slikda tadbirkorlik
- Taqqoslama menejment
- Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash.
- Xalqaro menejment





