Flag LogoGerb LogoSound Logo
ADU Logo
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Iqtisodiyot va moliya

Emblem background

Ro’zimov Bahrom Baxodirjonovich

Iqtisodiyot va moliya kafedra mudiri

Telefon:

+998 953185629

Email:

bahromjon@adu.uz

Ro’zimov Bahrom Baxodirjonovich

Kafedra haqida

Bugungi kunda iqtisodiyotning raqamlashtirilishi, global bozorlarning jadal rivojlanishi, moliyaviy texnologiyalar (fintex)ning keng qo‘llanilishi hamda davlat boshqaruvi va moliyaviy nazorat tizimida samaradorlikni oshirish jarayonlari iqtisodiyot va moliya yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Shu bois, zamonaviy iqtisodiy tahlil, moliyaviy boshqaruv, bank ishi, soliq tizimi, buxgalteriya hisoboti va raqamli iqtisodiyot sohalarida kompetensiyalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasining o‘rni beqiyosdir.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati doirasida Andijon davlat universitetida iqtisodiyot sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari muntazam takomillashtirib borilmoqda. Ushbu jarayonlar asosida universitet rektori buyrug‘i bilan “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi tashkil etilgan

Kafedrada hozirda jami 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 6 nafari dotsent, 7 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistent o‘qituvchilardir. 2025-yil 2-sentabrdan boshlab kafedra mudiri lavozimida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Ro‘zimov Bahromjon Baxodirjonovich faoliyat olib bormoqda.

Kafedra oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar — iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etishdir. Ta’lim jarayoni yetakchi xorijiy universitetlar o‘quv dasturlariga mos ravishda shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi fanlar chuqur o‘rganiladi: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, korporativ moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, investitsiyalarni boshqarish, soliq va budjet tizimi, bank ishi, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy modellashtirish va raqamli iqtisodiyot asoslari.

Talabalar iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash, investitsion loyihalarni shakllantirish, bank va moliya muassasalari faoliyatini o‘rganish, statistika hamda iqtisodiy modellar asosida qarorlar qabul qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari, xalqaro loyihalar va grantlarda faol ishtirok etib, iqtisodiyot va moliya sohalariga oid yangi ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etmoqda.

Kafedra jamoasi o‘z sohasida katta tajribaga ega mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular nafaqat zamonaviy nazariy bilimlarni o‘rgatadi, balki talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ham ko‘maklashadi. “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasining ilmiy va amaliy ishlari Andijon viloyati va respublika iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

BAKALAVRIAT

  • 60410100-Iqtisodiyot (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
  • 60410500-Bank ishi (kunduzgi, kechki va mosafaviy)
  • 60410200-Buxgalteriya xisobi va auditi (kunduzgi, kechki va mosafaviy)

MAGISTRATURA

  • 70410102– Iqtisodiyot (kunduzgi, kechki va mosafaviy)

KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI

Talabalarning kafedrada o‘qitiladigan fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida kafedrada fan to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklar ishtirokchilari va kafedra fanlaridan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ilmiy konferentsiyalarda qatnashib kelishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagogik va ilmiy faoliyatlarini yoshlarni tarbiyaviy ishlari bilan birgalikda olib borishmoqda.

ILMIY ISHLAR RO'YXATI

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini avtomatlashtirish tizimini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish. Monografiya
  • Oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida). Monografiya
  • To'qimachilik ishlab chiqarishida linter uskunalarini innovatsion qo'llash texnologiyasi. Муғаллим һәм үзликсиз билимлендириў — 123, 2025-yil.
  • “Yangi shakldagi xujaliklar faoliyatini tashkil etishning Nazariy jixatlari. (Fermer xujaliklar misolida)” Monografiya
  • “Sanoat korxonalarida personalni boshqarish mexanizmini takomillashtirish” (Andijon viloyati misolida) Monografiya
  • “Xо’jаоbоd tumаnidа yеngil sаnоаtni rivоjlаntirish аsоsidа аhоli bаndligini оshirish” mavzusida monografiya
  • “Izbockan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kichik biznes va tadbirkorlikning o‘rni” mavzusidagi monografiya
  • “Oziq-ovqat sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish” monografiya
  • “Valyuta kurslarini aniqlash va prognozlashtirish” mavzusida monografiya
  • “Iqtisodiy kontsentratsiyani monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish asosida raqobat muhitini rivojlantirish yo`llari” monografiya
  • “Kredit operatsiyalar hisobi va auditning tashkiliy-uslubiy ta'minotini takomillashtirish” nomli monografiya.
  • “To‘qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish yo‘llari” nomli monografiya.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Amaliy ekonometrika
  • Audit
  • Bank ishi
  • Banklarda buxgalteriya hisobi
  • Buxgalteriya hisobi
  • Byudjet hisobi
  • Ekonometrika
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
  • Makroiqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot
  • Moliyaviy hisob
  • Soliq va soliqqa tortish
  • Statistika
  • Sug'urta ishi

Magistratura:

  • Raqamli iqtisodiyot asoslari
  • Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar
  • Mikroiqtisodiyot
  • Makroiqtisodiyot
  • Ishlab chiqarishni tashkil etish
  • Ekonometrika
  • Ijtimoiy -iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash
  • Yashil iqtisodiyot
  • Institsional iqtisodiyot

Kafedra tarkibi

  • Yusupova Merojhon
    Katta o'qituvchi

    Yusupova Merojhon

  • Xamrokulov Ulug‘bek Abduraxmatovich
    Katta o'qituvchi

    Xamrokulov Ulug‘bek Abduraxmatovich

  • Sotvoldiyev Ulug’bek Kamilovich
    O'qtuvchi

    Sotvoldiyev Ulug’bek Kamilovich

  • Abdullayev Mirzohid Gayibberdiyevich
    Dotsent

    Abdullayev Mirzohid Gayibberdiyevich

  • Abitqoriyev Azizullo   Muhammedraximovich
    Katta o'qituvchi

    Abitqoriyev Azizullo Muhammedraximovich

  • Mamasoliyev G‘ayrat Mahammadysupovich
    Dotsent

    Mamasoliyev G‘ayrat Mahammadysupovich

  • Vaxidov A’zamjon Kozimovich
    Dotsent

    Vaxidov A’zamjon Kozimovich

  • Kamolov Shuxratbek Botiraliyevich
    Katta o'qituvchi

    Kamolov Shuxratbek Botiraliyevich

  • Baxriddinov Sherzod Baxadirovich
    Katta o'qituvchi

    Baxriddinov Sherzod Baxadirovich

  • Sultonov Mavlonjon Tursunboyevich
    Katta o'qituvchi

    Sultonov Mavlonjon Tursunboyevich

  • Mo‘ydinov Ozodbek Olimjonovich
    O'qtuvchi

    Mo‘ydinov Ozodbek Olimjonovich

  • Anvarov Sherzod Dilmurod o‘g‘li
    O'qtuvchi

    Anvarov Sherzod Dilmurod o‘g‘li

  • Teshaboyev Baxrom Akramjonovich
    O'qtuvchi

    Teshaboyev Baxrom Akramjonovich

  • Xalmirzayev Ozodbek  Abdurasulovich
    O'qtuvchi

    Xalmirzayev Ozodbek Abdurasulovich

  • Abdullayev Doniyorbek G‘ayiberdiyevich
    O'qtuvchi

    Abdullayev Doniyorbek G‘ayiberdiyevich

  • Kamalkarieva Nilufar Xalikbekovna
    Katta o'qituvchi

    Kamalkarieva Nilufar Xalikbekovna

  • Xaitov Abdulxamid Abdumannobovich
    Dotsent

    Xaitov Abdulxamid Abdumannobovich