
Atajonov Murodjon Maxmudovich
Kafedra mudiri
Telefon:
+998 944352552
Email:
murodatajonov1980@gmail.com

Kafedra haqida
Geografiya va geoaxborot tizimlari kafedrasi 2025 yilda tashkil etildi. Aslida Geografiya mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki o‘qituvchu-pedagog kadrlar 1935 yildan tayyorlana boshlangan. O‘sha davrda O‘qituvchilar instituti tarkibidagi Tabiiyot-geografiya kafedrasida o‘rta maktablarning 5-7-sinflari uchun tabiiyot-geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan.
Kafedraning asosiy vazifasi O‘zbekistondagi ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish va oliy ta`lim muassasalari uchun tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, gidrologiya, iqlimshunoslik, kartografiya va boshqa Yer haqidagi fanlar sohalari bo`yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni tayyorlash hisoblanadi.
BAKALAVRIAT
- 60530200 – Geografiya (kunduzgi, kechki)
MAGISTRATURA
- 70530201 – Geografiya (kunduzgi, kechki)
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Kafedra qoshida 2019 yildan oliy ta’limdan keyingi ta’lim 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura tashkil etildi. Kafedrada 1 nafar fan nomzodi, professor, 1 nafar fan doktori (DSc), dotsent, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD), dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.
ILMIY ISHLAR RO'YXATI
- Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimining hududiy tarkibini takomillashtirish. Monografiya. “Xayot nashri-2020” nashriyoti. Andijon. 2023.
- O‘zbekistonning Farg‘ona mintaqasida demografik jarayonlar rivojlanishinig hududiy xususiyatlari. Monografiya. “Xayot nashri-2020” nashriyoti. Andijon. 2022.
- “Xizmatlar sohasida marketing” o‘quv qo‘llanmasi
- Andijon viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishni takomillashtirish. Monografiya. “Xayot nashri-2020” nashriyoti. Andijon. 2022
- Fargʻona vodiysi viloyatlari rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy geografik jihatlari (sogʻlomlashtirish maskanlari misolida). Monografiya. INNO-CENTER nashriyoti, Andijon. 2024.
- Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda geografik o`lkashunoslik materiallarining ahamiyati. Monografiya. 2025
- Asaka avtomobil zavodi: hududiy va tarmoq rivojlanish xususiyatlari, Farg`ona mintaqasi iqtisodiyoti va sanoatining transformatsiyasiga ta`siri. Monografiya. 2025.
- O‘zbekistonda transportdan foydalanish imkoniyatlarining hududiy xususiyatlari. Monografiya. Toshkent. 2024
- Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning geografik jihatlari (Andijon viloyati misolida). Monografiya. Toshkent. 2012.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Umumiy tabiiy geografiya
- Geofizika asoslari va geokimyo
- Iqlimshunoslik va gidrologiya
- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
- Tuproqlar geografiyasi
- Biogeografiya
- Geomorfologiya va geologiya asoslari
- O‘zbekiston geografiyasi
- Topografiya, kartografiya, GAT
- Jahon geografiyasi
- Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Transport geografiyasi
- Geografiyada amaliy mashg‘ulotlar
- Geografiya tarixi
- Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari
- Meliorativ geografiya
- Siyosiy geografiya
- Iqtisodiy va demografik statistika
- Sotsial geografiya
- Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi
- Geoekologiya va landshaft ekologiyasi
- Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
- Geografik prognoz
- Geografik tadqiqot usullari
Magistratura:
- Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
- Geosistemalar nazaryasi
- Geodemografiya
- Landshaft rejalashtirish
- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning metodologiyasi
- Hududiy rivojlanish jarayonlari
- Jahon xo‘jaligining iqtisodiy geografik tizimlari
- Migratsion tadqiqotlarning nazariyasi, metodlari va amaliyoti
- Geografik tadqiqotlarda GIS dan foydalanish
- Siyosiy geografiya geosiyosat asoslari bilan
- Sotsial geografiyada yangi yo‘nalishlar
- Tabiiy geografiyaning dolzarb muammolari
- Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb muammolari
- Barqaror rivojlanish va tabiatdan foydalanish strategiyasi
- Global iqlim o‘zgarishi va uning O‘zbekiston tabiiy resurslariga ta’siri











